OTA-ONALAR UÇUN MA’LUMOT
Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002 yil 16 yanvarda taşkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyo miqyosida Buyuk Britaniya tizimi asosida ta’lim beradigan birinçi xalqaro universitetdir. Universitet hozirgi zamon talablariga javob beradigan keng kölamli öquv dasturlarini taklif etadi hamda bu barça dasturlar va yönalişlar Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvçilariga diplom London şahridagi Vestminster Universiteti tomonidan beriladi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
UNIVERSITET YÖNALIŞLARI

UMUMTA’LIM DASTURIGA TAYYORLOV
Universitetga kiriş va akademik muvaffaqiyatga tayyorgarlik. Ingliz tili va matematika böyiça mustahkam bilimlarni şakllantiring hamda oliy ta’lim sari yölingizni boşlang.

XALQARO UMUMTA’LIM DASTURI
Bakalavriat bosqiçiga muvaffaqiyatli kiriş uçun xalqaro umumta’lim dasturi. Kelajakdagi ta’limingiz uçun zarur bölgan akademik, muloqot va tanqidiy fikrlaş könikmalarini egallang.

BAKALAVR YÖNALIŞLARI
Britaniya ta’lim an’analari va innovatsiyalar uyğunlaşgan bakalavriat dasturlari. Biznes, huquq, IT, moliya va iqtisodiyot sohalarida global karyeraga tayyorgarlik.

MAGISTRATURA YÖNALIŞLARI
Professional va akademik yuksaklikka yönaltirilgan magistratura dasturlari. Xalqaro standartlarga mos magistrlik dasturlari orqali bilim va tajribangizni yanada rivojlantiring.
KIRIŞ ŞARTLARI
Umumta’lim bosqiçiga kiriş uçun Ingliz tili va matematika fanlaridan kiriş imtihoni topşiriladi.
Abituriyentlar Ingliz tili fanidan yetarli darajadagi bilimga ega ekanliklarini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlaşlari mumkin:
- GCSE “O” level / IGCSE English fanidan kamida C baho
- IELTS sertifikat umumiy 6.0 va undan yuqori bal (Yozma iş bölimi — kamida 5.0).
- TXVU Umumta’lim tayyorlöv kursini “WIUT Basic of English for Academic Purpose” modulining 2-darajasini muvaffaqiyatli yakunlaş.
- TOEFL iBT (test markazida topşiriladigan format) natijalarini qabul qilamiz. Şuningdek, TOEFL “My Best Scores” natijalari ham TOEFL iBT testiga tegişli bölsa, qabul qilinadi.
TOEFL böyiça minimal talab — umumiy 78 ball, Yozma iş qismi kamida 17 bal bölişi kerak.
Eslatma: TOEFL Home Edition (onlayn test) TXVU daraja dasturlariga kiriş uçun qabul qilinmaydi.
Matematika fanidan kiriş imtihonlari TXVU hududida ötkaziladi. Matematika imtixonga röyxatdan ötşi uçun admission.wiut.uz web saxifasi orqali röyxatdan ötiş kerak böladi va “select exam date” bölimi orqali matematika imtixon sanasini tanlab röyxatdan ötiş mumkin böladi.
Abituriyentlar matematika fanidan yetarli darajadagi bilimga ega ekanliklarini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlaşlari mumkin:
- GCSE “O” level Mathematics fanidan kamida C baho yoki unga tenglaştirilgan natija.
- University of Westminster tomonidan tasdiqlangan TXVU matematika kiriş imtihonidan muvaffaqiyatli ötiş. Ötiş bali 50% va undan yuqori bolişi.
- SAT Matematika sertifikati taqdim etilişi. Ötiş bali — 570 va undan yuqori
- Umumta’lim kursiga tayyorlöv kursining 2-darajasidagi Basic of Quantitative Skills (BAQS) modulini muvaffaqiyatli yakunlaş
- Toşkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti Akademik litseyining (ALWIUT) 1 va 2 bosqiçlarida (1–4 semestrlar) matematika fanidan (geometriya va algebra) örtaça kamida 4 baho bilan tugatiş.
TXVU KARYERA MARKAZI
TXVU Karyera markazi 2006 yilda taşkil etilgan bölib, uşbu markaz talabalarning öqişdan böş vaqtlarida, yozgi ta’til kunlarida va Universitetni tamomlagandan söng işga joylaşişlariga yordam beradi. Şuningdek, talabalarning tanlagan yönalişlarida könikmalarini rivojlantiriş uçun muhim xizmatlarni taqdim etadi.
Markaz bitiruvçilarni iş bilan ta’minlaniş darajasini oşirişda muvaffaqiyatga erişdi – odatda 90% universitet bitiruvçilari öqişni tugatgandan keyin 6 oy davomida iş bilan ta’minlanadi. Bundan taşqari talabalarning aksariyati öqiş davomidayoq markazning sa’y-harakatlari va yordami sababli, Nestle, PWC, Lukoil, Anglesey Food va General Motors kabi dunyoning yetakçi kompaniyalarining amaliyot dasturlarida faol iştirok etmoqda.











BITIRUVÇILAR

Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti taşkil etilgandan beri (2002 yil) 7100 dan ortiq talabalar universitetning bakalavr va magistratura kurslarini tamomladilar. Bitiruvçilarimiz investitsiya, neft va gaz, moliya va bank, buxgalteriya hisoboti va audit, xalqaro rivojlaniş loyihalari, oziq-ovqat sanoati, ta’lim, savdo, axborot texnologiyalari, davlat tizimi, farmatsevtika sanoati, köçmas mulk, ommaviy axborot vositalari va reklama, logistika, menejment, marketing va yurisprudentsiya, oğir sanoat, töqimaçilik kabi turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar.
TXVU bitiruvçilari Özbekiston va xorijiy davlatlarning jahon miqyosidagi taşkilotlarida işlab, mamlakatning turli sohalari, xususiy va xalqaro taşkilotlarning barqaror rivojlanişiga katta hissa qöşmoqdalar.
TXVU nisbatan yoş universitet bölsada, yuqori malakali bitiruvçilar özlari işlayotgan sohalarda katta yutuqlarni namoyiş etmoqdalar, ularning aksariyati öz sohalarining mutaxassislariga aylanişgan.
Bitiruvçilarning muvaffaqiyatlari universitetning ta’lim tizimini boşqariş töğri yölga qöyilganligidan dalolat beradi. Universitet Özbekistonda xalqaro professional ta’limni rivojlantirişda öz sa’y-harakatlarini davom ettiradi.







TALABALAR YOTOQXONASI
Toşkent şahrida doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan TXVU talabalari universitet yotoqxonalaridan biriga joylaşişlari mumkin böladi. Hozirda universitetning ikki nafar yotoqxonasi mavjud bölib, ular ta’lim oliş hududidan (ommaviy transportda borganda) 15 minut uzoqlikda joylaşgan.
Universitet turar joylariga talab katta bölganligi uçun yotoqxonaga joylaşişda raqobat kuçli böladi. Şu munosabat bilan yaşaş joyini oldindan tayin qiliş uçun yotoqxonaga iloji boriça tezroq onlayn röyxatdan ötiş maqsadga muvofiqdir.
Şuni e’tiborga olingki, universitet yotoqxonalarining birida yaşaş TXVU turar joyida turiş qoidalariga töliq rioya qiliş şarti bilan amalga oşiriladi.




KÖP BERILADIGAN SAVOLLAR
- Universitetning umumta’lim bosqiçiga talaba 17 yoşdan qabul qilinadi.
- Universitetning bakalavr yönalişiga talaba 18 yoşdan qabul qilinadi.
BIZ BILAN BOĞLANING
Manzil
- Istiqbol köçasi, 12, Toşkent
Call-markaz
Elektron poçta
Iş kunlari va soatlari: duşanbadan jumagaça 9:00 dan 18:00 gaça (tuşlik vaqti 13:00 dan 14:00 gaça)
