"Kelajakka qadam" - yoshlarga keng imkoniyatlar!

"Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo'nalishlarda moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

Image

“Kelajakka qadam” dasturi — oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan tashabbusdir. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi yoshlarning bandligini ta’minlash, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga yordam berish hamda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun zarur imkoniyat va ko‘makni taqdim etishdan iborat.

Ushbu loyihalar orqali

Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar

Biznesni boshlash va kengaytirish

O'z g'oyangizni imtiyozli kredit yordamida real loyihaga aylantiring.

Kasb egallash va malaka oshirish

Bitiruvchilar uchun kasbga tayyorlash va malaka oshirish dasturlari.

Yangi ish o'rinlari yaratish

Yoshlarni ish bilan ta'minlagan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash.

Xorijda o'qish va tajriba orttirish

Chet eldagi qisqa muddatli kurslar va stajirovkalar uchun mablag'.

Dastur doirasidagi asosiy yo'nalishlar

Har bir yo'nalish bo'yicha batafsil ma'lumot va ariza topshirish tartibi bilan O'zbekiston Milliy banki saytida tanishing.

Tadbirkorlik ilk qadam
1

"Tadbirkorlikka ilk qadam"

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kimlar uchun

  • O'zini o'zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo'ymoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarga.

Imkoniyatlar

  • Kredit summasi 20 mln so'mgacha
  • Kredit muddati 18 oygacha
  • Imtiyozli davr 6 oygacha
  • Markaziy bank asosiy stavkasi +1%
Biznes start
2

"Biznes start"

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kimlar uchun

  • Zarur biznes ko'nikmaga ega bo'lib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarga.

Imkoniyatlar

  • Kredit summasi 300 mln so'mgacha
  • Kredit muddati 5 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
  • Imtiyozli davr 1 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
  • Markaziy bank asosiy stavkasi +1%
Biznes progress
3

"Biznes progress"

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kimlar uchun

  • Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga.

Imkoniyatlar

  • Kredit summasi 2 mlrd so'mgacha
  • Kredit muddati 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
  • Imtiyozli davr 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
  • Markaziy bank asosiy stavkasi +1%
Talaba invest
4

"Talaba invest"

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarni bandligini ta'minlagan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish.

Kimlar uchun

  • O'ttiz bir yoshga to'lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta'minlagan tadbirkorlik subyektlariga.

Imkoniyatlar

  • Kredit summasi 10 mlrd so'mgacha
  • Kredit muddati 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
  • Imtiyozli davr 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
  • Markaziy bank asosiy stavkasi +1%
Mening birinchi kasbim
5

"Mening birinchi kasbim"

Loyiha doirasida oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish.

Kimlar uchun

  • Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilariga.

Imkoniyatlar

  • Malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya
  • Chet eldagi qisqa muddatli kurslar uchun 50 BHM gacha mablag'
  • Biznes reja tayyorlash harajatlari qoplab beriladi
  • "Talaba Expo 2026" kasb ko'rgazmalari orqali bandlikka ko'maklashiladi

Video qo'llanmalar

BIZ BILAN BOG'LANING!

“Kelajakka Qadam” dasturi haqida batafsil ma’lumot oling

Image