MA’RIFAT OLAMI
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy, tarbiyaviy ishlar bo’yicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilgan ishlar ro’yxati
2026-yil 02-fevral kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining “Madaniyat va ijodkorlik markazi” bo‘limi tashabbusi bilan “Talabalarning muzeylarga tashrifi” loyihasi doirasida talabalarning Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrifi tashkil etildi.
Batafsil
2026-yil 06-fevral kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”da Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti talabalari ishtirokida atoqli adib Aleksandr Faynberg hamda Abdulla Qodiriy haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi. Tadbir yillik reja asosida amalga oshirildi.
Batafsil
2026-yil 09-fevral kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”da Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti talabalari ishtirokida atoqli adib Aleksandr Faynberg haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir universitetning yillik rejasi asosida va shuningdek, sheriyat mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Batafsil
2026-yil 10-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida Xayriya loyihasi doirasidagi milliy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlarini munosib nishonlash, ularning boy adabiy va ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish hamda talabalarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash bo’lib, tadbir universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Batafsil
2026-yil 10-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi 1-bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida, o’tkazildi.
Batafsil
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi ko‘rgazmasi tadbir tashkil etildi.
Batafsil
2026-yil 10-fevral kuni “Ma’rifat maydoni” ma’naviy-ma’rifiy loyihasi doirasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi”, “Bobur kabi sevgin Vatanni” mavzularida badiiy kecha tashkil etildi.
Batafsil
2026-yil 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining “Yulduzlar” jamoasi “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi 2-bosqichida ishtirok etdi.
Batafsil
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Issiq yurakning yulduzli kechasi” xayriya loyihasi doirasida “Ijodiy ufqlar: talabalar ko‘rgazmasi” nomli san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Batafsil
2026-yil 12-fevral kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti talabalari so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari munosabati bilan Alisher Navoiy Davlat Adabiyot Muzeyiga tashrif buyurdilar.
Batafsil
2026-yil 13-fevral kuni O’zbekiston - millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi doirasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Xalqaro talaba va xodimlar madaniyati kuni” bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Hindiston va Afg’oniston mamlakatlarining talabalari va xodimlari o’z madaniyati, urf-odatlari va milliy taomlarini namoyish etishdi.
Batafsil
2026-yil 16-fevral kuni so’z mulkining sultoni A. Navoiy va Z. M. Bobur tavallud ayyomlariga bag’ishlangan TTJ tarbiyachi-pedagogi Ismailova R.N. tomonidan tayyorlangan ssenariy asosida tadbir o’tkazildi. Boshlovchilar sahnaga milliy liboslarda kirib keldilar. Ular barchani bugungi bayram tadbirining maqsad mazmuni haqida tanishtirib o’tdilar.
Batafsil
2026 yil 20-feval kuni “Talabalar teatr kunlari” loyihasini amalga oshirish hamda talabalarning Vatanga bo’lgan sadoqati, o’zaro mehr-oqibat, yuksak ma’suliyat, bag’rikenglik, sog’lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg’ularini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetning “Madaniyat va ijodkorlik markazi” bo’limi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatriga Abdulla Avloniyning “Advokat bo'lish osonmi?” spektakli namoyishiga talabalarning tashrifi reja asosida amalga oshirildi va bir qancha talabalar jalb etildilar.
Batafsil
2026 yil 22-fevral kuni “Talabalar kino kunlari” loyihasini amalga oshirish hamda talabalarning Vatanga bo’lgan sadoqati, o’zaro mehr-oqibat, yuksak ma’suliyat, bag’rikenglik, sog’lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg’ularini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetning “Madaniyat va ijodkorlik markazi” bo’limi tomonidan Rejissyor Ruslan Akunning drama janrida suratga olingan Milliy kino san'ati saroyida namoyish etiladigan “Jannat-2”film namoyishiga talabalarning tashrifi reja asosida amalga oshirildi.
Batafsil
