Universitet resurslari va jihozlanishi
O’quv resurslari rarkazi
O’quv Resurslari Markazi talabalar ta’lim olishida katta ahamiyat kasb etadi va ta’lim berishning zamonaviy modellari asosida shakllangandir. Markaz zamonaviy kutubxona va qulay joylashtirilgan an’anaviy va elektron ta’lim olish jihozlaridan iborat. Har bir talabaning ta’lim olish resurslaridan mustaqil foydalanishi rag’batlantiriladi. Bundan tashqari Universitetda va Universitet yotoqxonasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalanish imkoniyati yaratib berilgan.
TXVU kutubxona faoliyatiga xalqaro tajribalarni olib kirgan birinchi Markaziy Osiyo xalqaro universiteti bo’lib, mustaqil ta’lim olishni keng yo’lga qo’ygan.
Universitet kutubxonasi

Kutubxona universitet ta’lim olish resurslarining muhim qismidir. Kutubxonada xalqaro universitetga xos muhit va talabalarga mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari yaratib berilgan. Kutubxonada talabalarga mustaqil yoki guruh bo’lib ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar katta hajmdagi axborot va ta’lim olish materiallaridan, shu jumladan jurnallar, elektron materiallar va katta miqdordagi boshqa o’quv materiallaridan erkin foydalanishadi.
Kutubxona o’qish paytida haftada olti kun ishlaydi. Barcha talabalarga asosiy o’quv kitoblaridan foydalanish imkonini berish uchun kitoblarni qisqa muddatli uyga berish xizmati yo’lga qo’yilgan. Kutubxona kompyuterlari orqali talabalar internetdan erkin foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari kutubxonada nusxa ko’chirish xizmati ham bor. Kutubxonaning elektron kataloglari va elektron jurnallari katta miqdordagi o’quv materiallari orasidan talabalarga o’zlariga kerak materiallarni tez va oson topib olishlariga imkon beradi. Bu elektron katolog va jurnallardan universitetdagi barcha kompyuterlar orqali foydalanish mumkin.
Axborot texnologiyalari o’quv resurslariÂ
Universitetning to’rtta maxsus jihozlangan xonalarida keng miqyosdagi kompyuter xizmati yo’lga qo’yilgan. Talabalar kuniga 11 soatgacha kompyuter va internet xizmatidan erkin foydalanishlari mumkin. Ta’lim berish va ta’lim olish jarayoniga kompyuter xizmatlarini keng miqyosda jalb qilish TXVU kurslarining muhim jihatidir va Universitet talabalarni yuqori darajadagi kompyuter bilimiga ega bo’lishlarini qo’llab quvvatlaydi.
Barcha talabalar internet xizmatidan erkin foydalanishadi va o’z universitet elektron pochtalariga ega bo’lishadi. Universitetda talabalar uchun keng miqyosdagi kompyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyati yaratib berilgan. Kompyuterdan foydalanish bo’yicha boshlang’ich bilimlarni universitetdagi turli kurslar orqali yoki O’quv Resurslari Yordam Markazidan olish mumkin. Bulardan tashqari TXVUda o’z ichiga teleradio studiyasini olgan Multimedia Resurs Markazi faoliyat olib boradi va bu markaz turli multimedia materiallarini dizayn qilish va ishlab chiqish uchun mo’ljallangan. Talabalar bu zamonaviy jihozlangan Multimedia Markazi resurslaridan keng miqyosda foydalanishlari mumkin.