TXVU Akademik litseyi

litsey.jpg

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 9 dekabrdagi 270-sonli qarori asosida Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti qoshida 2009-2010 o’quv yilidan boshlab Akademik litsey o’z faoliyatini boshladi. Litseyda aniq fanlarni va Ingliz tilini kuchaytirib o’qitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Akademik litsey TXVU bilan yaqin hamkorlikda ochilgan birinchi ta’lim dargohi bo’lib, universitet yonidagi yangi ta’mirlangan binoda joylashgan.Akademik litsey o’rta maktabning 9-sinfini tugatgan o’quvchilarni qabul qilishga mo’ljallangan. Litseyga kirish uchun ingliz tili va matematika fanlari bo’yicha o’rta maktab dasturi asosida tuzilgan imtihondan muvaffaqiyatli o’tish kerak.

2012-2013 o’quv yili uchun litseyga hujjatlarni qabul qilish 23 iyundan 3 iyulgacha amalga oshiriladi. Qabul Hay’ati har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 10.00 dan 12.30 gacha hamda 14.30dan 17.00gacha ishlaydi.

Imtihonlar 7-8 iyulda o’tkaziladi.

Akademik Litsey bo’yicha quyidagi Ko’p Beriladigan Savollardan batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin:

TXVU Akademik litseyiga  kirish imtihonlari savollarini namuna sifatida yuklab olishingiz mumkin: Matematika 2009, 2010 va Ingliz tili.   

TXVU Akademik litseyi xususida batafsil ma’lumotni litseyning o’z veb saytidan (http://lyceum.wiut.uz) olishingiz mumkin