TXVU Akademik litseyi

litsey.jpg

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 9 dekabrdagi 270-sonli qarori asosida Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti qoshida 2009-2010 o’quv yilidan boshlab Akademik litsey o’z faoliyatini boshladi. Litseyda aniq fanlarni va Ingliz tilini kuchaytirib o’qitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Akademik litsey TXVU bilan yaqin hamkorlikda ochilgan birinchi ta’lim dargohi bo’lib, universitet yonidagi yangi ta’mirlangan binoda joylashgan.

Akademik litsey o’rta maktabning 9-sinfini tugatgan o’quvchilarni qabul qilishga mo’ljallangan. Litseyga kirish uchun Ingliz tili va matematika fanlari bo’yicha o’rta maktab dasturi asosida tuzilgan imtihondan muvaffaqiyatli o’tish kerak.

Akademik Litsey bo’yicha quyidagi ko’p beriladigan savollardan batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin: (O’zbek, Ingliz va Rus tillarida).

2009-2010 o’quv yili uchun TXVU Akademik litseyiga kirish uchun bo’lib o’tgan Matematika va Ingliz tili imtihonlari uchun na’munaviy savollar.