Universitet haqida
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) London Vestminster Universiteti va 1997 yil 7 yanvardagi O’zbekiton Respublikasi Prezidentining farmoni asosida O’zbekiston intellektual yoshlarini chet ellarda ta’lim olishini qo’llab- quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “UMID” jamg’armasi bilan hamkorlikda barpo qilingan.
TXVUning ochilishidan maqsad mamlakatimizda O’zbekiston va boshqa chet el fuqarolariga xalqaro me’zonlarga mos ravishda, London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan Biznes Boshqaruvi, Biznesda Axborot Texnologiyalari, Iqtisodiyot va Huquq sohalarida yuqori sifatli oliy ta’lim berishdir. TXVU kurslari bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi. Birinchi bosqichda, Xalqaro Umumta’lim Kursi sertifikati, bakalavr kurslariga qabul uchun kerak bo’lgan dastur va Oliy Ta’lim diplomi, Biznes Boshqaruvi Bakalavri kursining birinchi yili, 2002 yil Sentyabrda rasman tasdiqlandi.
Ikkinchi bosqich Umumta’lim Kursi bilan boshlanib Biznes Boshqaruvi Bakalavri Kursining ikkinchi yili (Biznes diplomi) va Biznesda Axborot Texnologiyalari, Iqtisodiyot va Huquq kurslarining (Oliy Ta’lim diplomlari) birinchi yili 2003 yil Avgustda rasman tasdiqdan o’tdi.
Oxirgi bosqichda Biznes Boshqruvi, Biznesda Axborot Texnologiyalari, Iqtisodiyot va Huquq kurslari 2004 yil mayda to’liq tasdiqdan o’tdi. Universitet rivojlanishining bunday jiddiy rejalashtirilishi xalqaro sifat talablariga javob beradigan oliy ta’lim dargohini barpo etish uchun muhim ahamiyatga egadir. London Vestminster Universiteti TXVU kurslarini rasman tasdiqlaydi va bitiruvchilar o’z ilmiy darajalarini (diplomlarini) London Vestminster Universitetidan tomonidan olishadi. Bu talabalar qo’lga kiritgan diplom va natijalar nafaqat o’zbekistonda, balki xalqaro maydonda tan olinishini va talabalarga chet ellarda ishlash yoki o’qishni davom ettirish imkonini beradi.
London Vestminster Universiteti TXVU beradigan ilmiy darajalarni rasman tasdiqlash bilan birga, TXVU xodimlari taraqqiyoti va univesitet tuzilishi va boshqarilishiga katta yordam beradi. TXVUda ikkita London Vestminster Universitetidan kelgan mutaxassislar universitet boshqaruviga ko’maklashish uchun faoliyat olib borishadi. Shu bilan birgalikda Universitetda Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa va dunyoning boshqa davlatlaridan bir qancha o’qituvchilar faoliyat olib borishadi. Universitet xodimlarining aksariyati Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropada ta’lim olgan O’zbekiston fuqarolaridir.
Universitetning asosiy strategiyasi boshqa universitetlar va o’quv muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro sifat talablariga javob bera oladigan oliy ta’lim berishdir. TXVUning asosiy hamkori 1838 yilda tashkil etilgan va 23,000 talabaga ega London Vestminster Universitetidir. Vestminster Universiteti London shahrining markazida joylashgan va jahonda sifatli oliy ta’lim berish bo’yicha katta mavqe’ga ega. Bu universitet o’z kurslarini TXVUda olib borilishini rasman tasdiqlaydi va boshqa Buyuk Britaniya universitetlari kabi o’z kurslarini boshqa universitetlarda taqdim etish va tasdiqdan o’tkazish huquqiga ega. London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqdan o’tgan kurslar Buyuk Britaniyada bo’lib o’tadigan kurslar bilan bir xil sifat talablariga bo’ysunadi. Vestminster Universiteti boshqa hamma Buyuk Britaniya universitetlari kabi Sifatni Kafolatlash Agentligi (Quality Assurance Agency) nazarotidadir. Bu agentlik oliy o’quv yurtlarida standartlar va sifatli o’qitish ustidan nazorat olib boradi.