Talabalarga ko’rsatiladigan xizmatlar

students.jpgTXVU talabalarning mustaqil ta’lim olishlariga katta ahamiyat beradi. Shu maqsadda universitet barcha Buyuk Britaniya universitetlari kabi talabalarning turli muammolariga ko’mak berish uchun maxsus xizmatni yo’lga qo’ygan. Talabalarni Qo’llab-quvvatlash xizmati talabalarga tibbiy, o’qish yuzasidan, yotoqxona va boshqa shaxsiy muammolariga yordam beradi.

Bu xizmat talabalarni TXVUning ta’lim olish muhitiga oson moslashishlariga katta yordam beradi. Ayniqsa bu xizmat chet ellik talabalarning O’zbekiston madaniyatiga moslashishlari va viza, arizalar, ro’yxatdan o’tish va tibbiy su’gurta kabi muammolarni hal qilishlarida muhim ahamiyatga ega.

Har o’quv yili boshida yangi qabul qilingan talabalar uchun tanishuv haftasi bo’lib o’tadi. Universitet Talabalar Uyushmasi bilan hamkorlikda tanishuv haftasi dasturini tuzib chiqadi. Bu dastur yangi talabalarga universitet bilan tanishishlari, o’quv jarayonini yaqindan kuzatish va Univesitet qulayliklarini o’rganish imkonini beradi.

TXVU Talabalar uyushmasi

su.jpgTXVUda talabalar tomonidan tuzilgan Talabalar uyushmasi faoliyat olib boradi. Talabalar uyushmasi Universitet ijtimoiy hayotining markazi hisoblanadi. Uyushma ko’magida talabalar uchun turli-tuman yordam xizmatlari va har hil tadbirlar tashkil etlishi yo’lga qo’yilgan. Talabalar TXVU Talabalar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etishga targ’ib qilinadi.

Talabalar qiyinchiliklarga duch kelganda Talabalar uyushmasi ularga universitet vakili sifatida yordam beradi. Talabalar Universitet xizmatlari va kurslarining sifati haqida har doim fikr-mulohaza bildirishga targ’ib qilinadi. Talabalar uyushmasi shu kabi fikr-mulohazalrni bildirishda va talabalar ko’nikmalarini oshirishda doimo faol ishtirok etib kelayapti.

Talabalar uyushmasi tarkibiga istagan talaba kirishi mumkin. Uyushma boshqaruviga esa har yili xalqaro talablarga javob beradigan saylovlar bo’lib o’tadi. Bu saylovlarda har bir Universitet talabasi qatnashishi mumkin. Talabalar uyushmasi boshqaruvi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

TXVUda Sport

Talabalar Universitet bilan hamkorlikda bir nechta sport jamiyatlariga asos solishgan. Markaziy Osiyoda birinchi marta TXVU o’z Regbi jamoasiga ega bo’ldi! Bu jamoa talabalar xohish-istaklariga qarab ochilgan. Regbi bilan birgalikda talabalar futbol, basketbol va tennis kabi boshqa sport turlari bilan ham shug’ullanishlari mumkin.