Chet Ellik Talabalar

O’zbekiston boy tarixga ega davlat. Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan o’lkaga qadimdan turli madaniyatlar, an’analar va kashfiyotlar kirib kelgan. London Vestminster Universiteti bu zaminni o’z an’analari va Buyuk Britaniya ta’lim standartlari bilan yanada boyitdi. Endilikda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti O’zbekistonda G’arb ta’lim an’analariga tayangan holda faoliyat olib bormoqda.
Poytaxtimiz Toshkent zamonaviy va tarixiy me’morchilikni o’zida mujassamlashtirgan go’zal shahar hisoblanadi. Shahrimizda talabalar uchun har hil qulayliklar - sport bilan shug’ullanish imkoniyatlari, kafe va restoranlar, kinoteatr va teatrlar mavjud. Universitet binosi shaharning qoq markazida joylashgan va Universitetga metro, avtobus, tramvay kabi barcha xildagi transport vositalari orqali borish mumkin. TXVU yosh universtitet hisoblanadi (600ga yaqin talaba o’qiydi). Talabalar orasidagi aloqalarni yahshilash maqsadida Talabalar Uyushmasi tomonidan turli-tuman tadbirlar uyushturilib turiladi. TXVUda chet ellik turli madaniyat vakillari bo’lgan talabalar o’zlarining O’zbekistonlik tengdoshlari bilan ahillikda ta’lim olishadi.
Immigratsiya va Vizalar
MDH talabalari
Agar siz MDH davlatlaridan birining (Turkmaniston va Tojikistondan tashqari) fuqarosi bo’lsangiz, O’zbekistonga talaba sifatida juda oson kira olishingiz mumkin. Buning uchun viza olish shart emas, faqat xalqaro passport bo’lsa yetarlidir.
MDHdan boshqa davlat fuqarolari
Agar siz Turkmaniston, Tojikiston va boshqa MDHdan tashqaridagi davlat fuqarosi bo’lsangiz, belgilangan tartibda immigratsiya talablarini bajarishingiz kerak. Siz O’zbekistonga kirish vizasiga ega bo’lishingiz shart va bu viza o’z davlatingizdagi O’zbekiston elchixonasi yoki konsulligi tomonidan beriladi.
O’zbekistonga kelish uchun quyidagi xujjatlar kerak bo’ladi:
- pasport (pasport nusxasi ish yoki o’qish joyidan spravka bilan birga TXVUga faks orqali jo’natilishi kerak: (+998 71) 236 3599)
- TXVU kurslaridan biriga shartsiz (unconditional) qabul qilinganligi to’g'risida xat
- O’zbekistonda ishlamasdan o’qish, yashash va boshqa xarajatlarni qoplay olishiga dalolat hujjati
Muhim ilova: O’zbekistonga sayyohlik vizasi bilan keyinroq o’qishga kirish rejasida kirmang. O’zbekistonda faqat talabalik vizasi bilan oliy o’quv yurtlarida o’qish mumkin.
Mahalliy davlat organlarida ro’yxatdan o’tish
Boshqa ko’pgina davlatlarda bo’lgani kabi, talaba O’zbekistonga kelgandan so’ng Ichki Ishlar Vazirligida ro’yxatdan o’tishi shart. Buning uchun talaba pasportini olib kelishi va kichik miqdordagi ro’yxatdan o’tish pulini to’lashi kerak. TXVUning Xalqaro Talabalarga Xizmat ko’rsatish bo’limi bu ishlarni talaba nomidan bajaradi. Talaba bir yilga ro’yxatga olinadi. Agar talaba TXVUda o’qishni davom ettirsa, ro’yxat muddati cho’ziladi. Agar talaba vaqtincha O’zbekistondan chet elga chiqmoqchi bo’lsa, barcha qaytib kelish uchun zarur bo’lgan xujjatlar bilan ta’minlanadi.
Toshkentga kelish va aeroportda kutib olish
Toshkent shahriga ko’pgina davlatlardan samalyotda kelish mumkin (MDH, Osiyo, Yevropa va AQSh). Toshkent aeroportiga yetib kelgan talabalar immigratsiya va bojxona tekshiruvidan o’tishadi (O’zbekistonda bojxona tartib-qoidalari haqida ma’lumot olish uchun o’z davlatingizdagi O’zbekiston elchixonasi yoki konsulligi bilan bog’laning).
TXVUning Xalqaro Talabalarga Xizmat ko’rsatish bo’limi sizni Toshkent aeroportida kutib olishadi va Toshkentda yashash joyingizga kuzatib qo’yadi (Buning uchun oldindan universitetga xabar berib qo’yish kerak).
Turar-joy bilan ta’minlash
TXVUda o’qish mobaynida chet ellik va turli viloyatlardan kelgan talabalar xususiy turar joylarida yoki Universitet yotoqxonasida yashashlari mumkin. Universitet yotoqxonasida 130ta joy bo’lib, chet ellik talabalarga yotoqxonada turishga keng imkoniyat berilgan. Yotoqxonada turish uchun talaba oldindan ariza berib qo’yishi kerak (nizom@wiut.uz yoki advice@wiut.uz ga email jo’nating).
TXVU talabalar yotoqxonasi universitetdan 3 km uzoqlikda joylashgan va asosiy turar-joy xizmatlarini ko’rsatadi. Yotoqxona 9 qavatli binoda joylashgan bo’lib, o’z ichiga talabalar yotoqxonalari bilan birga kompyuter xonasi, oshxonalar va trenajyor zallarini oladi. Yotoqxonaning birinchi va ikkinchi qavatlari universitet ishchilariga ajratilgan. Boshqa qavatlarda talabalar istiqomat qilishadi. Har bir qavatda o’n juft xona, nogironlar uchun juft xona va oshxona bor. Har ikki xonada bitta xojatxona va yuvinish xonasi mavjud.
Yotoqxonada istiqomat qiluvchi sifatida har kim o’ziga kerak buyumlarni olib kelishi va xonalarni toza tutishlari lozim. Talabalar ko’rpa va yostiq kabi buyumlar bilan ta’minlanishadi va ba’zi kommunal tozalik ishlari yotoqxona xizmatchilari tomonidan bajariladi. Yotoqxonada kunduzi yotoqxona nazoratchisi va hamshira va kunu-tun xavfsizlik xizmati faoliyat olib boradi.