Korporativ trening va maslahat

training.jpg

TXVU bakalavr va magistratura kurslarini olib borish va ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish bilan birgalikda, biznes, davlat va nodavlat tashkilotlarining turli ehtiyojlariga mos trening kurslari va maslahat xizmatlarini yo’lga qo’ygan (mijozlarning fikr-mulohazalari bilan tanishing).

Trening va maslahat xizmatlari bizning o’z sohalarida zamonaviy xalqaro bilim va ko’nikmaga ega bo’lgan o’qituvchilarimiz jamoasi tomonidan olib boriladi. Tashkilotlar va kompaniyalar bilan olib boriladigan trening va maslahat xizmatlari TXVU asosiy kurslari singari yuqori sifatli bo’lishiga katta e’tibor qaratiladi.

TXVUda mijozlarning ehtiyojlariga mos trening va maslahat xizmatlari olib boriladi. Mijozlar bilan birgalikda ularning ehtiyojlari o’rganilib chiqilgan holda talablardan kelib chiqib dastur ishlab chiqiladi.

TXVUda maxsus trening va maslahat kurslari va bu xizmatlardan qanday foydalanish haqida ma’lumot olish uchun biz bilan bog’laning.

Biz quyidagi yo’nalishlarda trening va maslahat xizmatlarini taklif etamiz:

Biznes

Huquq

Axborot Texnologiyalari

Professional Mahorat