Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti nafaqat davlatimiz, balki butun Markaziy Osiyo taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish maqsadida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
TXVUning chet ellik va chet ellarda ta’lim olgan mahalliy o’qituvchilar va ishchilar jamoasi TXVUga zamonaviy dasturlar asosida bir qancha professional xizmatlarni taklif etish imkonini beradi.
Ilmiy Izlanishlar - TXVUda Iqtisodiyot, Biznes, Huquq, Biznesni Axborotlashtirish va Ta’lim sohalaridagi shaxsiy va universitet miqyosidagi ilmiy izlanishlarga katta e’tibor qaratiladi. Ilmiy izlanishlar xususida qo’shimcha ma’lumot olish uchun Obid Hakimov bilan bog’lanishingiz mumkin: okhakimov@wiut.uz
Korporativ Treyning va Maslahat - TXVU keng miqyosda mijozlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan treyning va maslahat xizmatlarini taklif qiladi. To’liq ma’lumot olish uchun Ravshan Rihsiyev bilan bog’laning: rrikhsiyev@wiut.uz.
Loyihalar - TXVUda biznes, ta’lim va ta’limni isloh qilish yuzasidan bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Universitet bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lsangiz Universitet Dekani bilan bog’laning: adjumanov@wiut.uz
Multimedia Loyihalari - TXVU multimedia studiyasi mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda bir qancha multimedia loyihalarini amalga oshirishdi va tashkilotlar extiyojlariga mos multimedia xizmatlarini ko’rsatishi mumkin. Qo’shimcha ma’lumot uchun Kozimbek Gafurov bilan bog’laning: bek@wiut.uz
