TXVU drama klubi tomoshabinlarni qoyil qoldirdi
18/1/2012
TXVUning 10 yilligini nishonlash doirasida universitetning Drama klubi tomonidan “Sure Thing” (”Albatta”) nomli hajviy spektakl namoyish etildi. Mazkur ijroni tomosha qilgan talabalar va universitet hodimlari maza qilib hordiq chiqarganlariga ishonchimiz komil.
Universitetning katta o’qituvchilaridan biri bo’lgan Ziryanova Rozalia Ivanovna boshchiligidagi TXVU Drama klubi bir necha yillardan beri bir-biridan qiziqarli va mazmunli pyesalarni omma e’tiboriga havola qilib kelishmoqda. Zal tomoshabinlar bilan to’la bo’ldi. Hamma ijroni qiziqish bilan tomosha qildi. Qiziqarli voqealarga boy bo’lgan, yoshlar hayotidan hikoya qiladigan mazkur ijro hech kimni bee’tibor qoldirmadi.