Iqtisodiyot

Iqtisodiyot kursi uch yillik to’liq kurs hisoblanadi. Bu kurs Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti Vestminster Biznes maktabi tomonidan olib boriladigan Biznes Iqtisodiyoti kursiga asoslangan va mahalliy sharoitga moslashtirilgan. Iqtisodiyot kursi faqat nazariy bilimlar berishga asoslanmagan. Kursning asosiy falsafasi Iqtisodiyot va Biznes sohalariga tegishli nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Iqtisodiyot kursida kimlar o’qishi mumkin?
- Davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlarda professional iqtisodchi bo’lib ishlashni; milliy va xalqaro maydonda iqtisodiy dasturlar, iqtisodiy analiz va moliyaviy-iqtisodiy analiz bo’yicha maslahatchi bo’lishni xohlovchilar
- Davlat sektori va xususiy sektorda umumiy menejer bo’lishni xohlovchilar
- Iqtisodiyot faniga taalluqli sohalarning birida o’z o’qitish karyerasiga asos solishni xohlovchilar
Qabul talablari
Qabul va Hujjat topshirish bo’limlariga qarang
Kurs natijalari va Kurs tuzilishi