Tijoriy Huquq

cl.JPGTijoriy Huquq kursi uch yillik to’liq kurs hisoblanadi. Bu kurs London Vestminster Unviersitetidagi kabi Ingliz huquq fani sohalaridan tashkil topgan. TXVUda asosiy e’tibor O’zbek huquq tizimiga qaratiladi va turli huquq tizimlari orasida qiyoslash oson bo’lishi uchun qisman Ingliz huquq tizimi ham o’rganiladi. Bu kurs huquq ta’lim dasturiga keng manoda yondashadi, xususan tijoriy va xalqaro huquqqa diqqat e’tiborni qaratgan holda O’zbek huquq tizimi asosiy tushunchalarini o’rgatadi. Kurs Vestminster Universiteti Huquq maktabi tomonidan ishlab chiqilgandir.

Tijoriy Huquq kursida kimlar o’qishi mumkin?

Tijoriy Huquq kursida quyidagilar o’qishlari mumkin:

  • Biznes tashkilotlarini, xususan global biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarni, huquqiy maslahat bilan ta’minlovchi huquq mutaxassisi bo’lishni xohlovchilar
  • Tashkilotlarda huquq maslahatchisi bo’lib ishlashni xohlovchilar; kurs umumiy va tashkilotlar faoliyatiga oid bilimlarni oshirgani uchun umumiy Menejer bo’lish potensialini qo’lga kiritishni xohlovchilar
  • Aspirantura kurslarida o’qishni davom ettirishni xohlovchilar, xususan, huquq magistratura kurslari va Angliya va Uelsda advokat yoki yuridik maslahatchi bo’lib ishlash uchun maxsus kurslarda o’qishni xohlovchilar

Qabul talablari

Qabul va Hujjat topshirish bo’limlariga qarang

Kurs natijalari va Kurs tuzilishi