Kurs natijalari va kurs tuzilishi

Kurs natijalari

Kurs oxirigacha talabalar quyidagalarga ega bo’lishadi:

  • Biznes analiz uslublarini ishlatib axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohalari potensialini aniqlash, taqqoslash va baholash
  • Biznes strategiyasi va unga yordamchi texnologiyalar orasidagi nomutanosiblikni yo’qotish uchun tizimlar analizi uslublarini ishga solish
  • Moliyaviy axborotlarni analiz qilish va sharhlash va biznesga tatbiq qilinuvchi yangiliklarni rivojlantirishning sarf-xarajatlarini baholash
  • Xaridorlar va sotuvchilar orasidagi bitimlarga ko’mak beruvchi ma’lumotlar bazasining loyihasini tuzish, amaliytoga tatbiq qilish va sinovdan o’tkazish
  • Biznes strategiyasining rejasini tuzish va sharhlash va uni axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga bog’lash
  • Biznes tashkilotlari duch keladigan muammolarni hal qila olish
  • Berilgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga bo’lgan biznes va boshqa foydalanuvchilar ehtiyojini aniqlash va mos keluvchi texnologiyalarni tayinlash
  • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalaring tashkilotlarning operativ strategiyalariga ta’sirini jiddiy baholay olish

Kurs tuzilishi

Bu kurs 24ta moduldan tashkil topgan. Shulardan 16tasi majburiy, 6tasi ixtiyoriy modul va bittasi biznes loyihasidir. Ixtiyoriy modullar talabalarga boshqa TXVU modullarini o’rganish imkonini beradi.

Kursning ikkita farqli jihati iborat: Axborot Tizimalari va Biznes Boshqaruvi.

Axborot Tizimlari biznes va tizimlar analizi, protsess dizayni, tizimlar dizayni, ma’lumotlar bazasi va kommunikatsiya kabi sohalardan tashkil topgan. Biznes Boshqruvi esa zamonaviy davlat va xususiy tashkilotlarda axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash uchun kerak bo’lgan tashkiliy bilimlarni beradi.

Hozirda majburiy modullar quyidagilardan iborat: 

Business Information Systems
Accounting and Finance Fundamentals
Introduction to Web Publishing
Rapid Applications Development1
Business Data Analysis
Introduction to Databases
Systems Analysis
Database Theory and Practice
Database Systems Development
Rapid Applications Development 2
Management Accounting Applications
Management Research Methods
Human Resources Management
Web Applications Development
Global Business Computing Management
Business Computing Project (ikki semesterlik modul)