Biznesda Axborot Texnologiyalari
Biznesda Axborot Texnologiyalari uch yillik to’liq kurs hisoblanadi. Bu kurs Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti Harrou Biznes maktabi va Harrou Kompyuter Fanlari maktabi birgalikda olib boradigan Biznesda Axborot Texnologiyalari kursiga asoslangan. Biznesda Axborot Texnologiyalari kursi talabalarning tizimlar analizi va ma’lumotlar bazasi, shuningdek moliya va marketing sohalarida keng miqyosdagi menejment va tashkiliy bilimlarini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib olgan. Kursning asosiy falsafasi axborot texnologiyalari va biznes orasidagi yaqin aloqaga urg’u berishdan va Axborot texnologiyalariga asoslangan biznes faoliyatlariga tegishli muhim nazariy bilimlarni berishdan iboratdir.
Biznesda Axborot Texnologiyalari kursida kimlar o’qishi mumkin?
Biznesda Axborot Texnologiyalari kursida quyidagilar o’qishi mumkin:
- Tizimlar analizi, axborot tizimlarini rivojlantirish va menejmenti, biznes muammolariga Axborot Texnologiyaliri orqali yechim topish sohalarida mutaxassis bo’lishni xohlovchilar
- Moliya, Marketing va Inson Resurslari Menejmenti sohalariga tegishli bilimlarni amalga tatbiq qilish biznes tashkilotlarining asosiy vazifasidir. Shu sohalarda Axborot Texnologiyalariga asosiy e’tibor beruvchi umumiy menejer bo’lishni xohlovchlar
- Kurs Axborot Texnologiyalari va Telekommunikatsiya sohasida o’z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni beradi. Shu sohalarda o’z biznesiga ega bo’lishni xohlovchilar
- Axborot Texnologiyalariga taalluqli sohalarning birida o’z o’qitish karyerasiga asos solishni xohlovchilar
Qabul talablari
Qabul talablari va Hujjat topshirish bo’limlariga qarang
Kurs natijalari va Kurs tuzilishi