Kurs natijalari va kurs tuzilishi
Kurs natijalari
Biznes Boshqaruvi kursining asosiy maqsadi talabalarga biznesning muhim sohalarida ta’lim berish va ularni biznes sohalarida ishlashi yoki o’qishini davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlashdir.
Kursning asosiy vazifalari:
- To’xtovsiz o’zgarayotgan biznes olamini va uning keng jamoatchilikka ta’sirini yahshi anglaydigan bitiruvchilarni tayyorlash
- Talabalarning zamonaviy muammolar va biznes olamining muammolariga faol munosabat bildira olishlari uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va iqtidorlarini oshirish
- Talabalarni magistratura kurslarida ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar bilan ta’minlash
- Mehnat faoliyatida muvaffaqiyat qozona oladigan shaxsiy va intellektual salohiyatga ega o’ziga ishongan bitiruvchilarni tayyorlash
- Talabalarni biznes va biznes menejmentiga tegishli nazariy va amaliy bilimlarini hayotga tatbiq e’tishga targ’ib etish
- Biznes olamiga va keng jamoatchilikka talabalarning va boshqalarning faoliyati ta’sirini yaxshi tushunishga targ’ib etish
- Talabalarni keng miqyosdagi biznes sohalaridan birida o’z mutaxassisligiga ega bo’lish imkonini berish
- Axborotni qayta ishlash, muammolarni aniqlash va hal qilish, biznes muhitini analiz qilish va biznes menejmenti bo’yicha ko’nikmalarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlarini oshirish
- Zamonaviy biznesdagi marketing, inson resurslari, axborot menejmenti va moliya bo’limlariga oid vazifalar bilan tanishtirish, ularni tushuntirish va amaliyotga tatbiq e’tish
Kurs tuzilishi
Bu kurs 24ta moduldan tashkil topgan. Shulardan 15tasi majburiy, 7tasi ixtiyoriy modul va bittasi biznes loyihasidir. Ixtiyoriy modullar talabalarni marketing, moliya, buxgalteriya va menejment sohalarining biriga asosiy diqqat-e’tiborlarini qaratishlari uchun mo’ljallangan.
Hozirda majburiy modullar quyidagilardan iborat:
Business Communications
Business Information Systems
Organisational Behaviour
Law for Business
Fundamental of Financial Accounting
Business Data Analysis
Introduction to Marketing
Human Resources Management
Management Accounting Applications
Business Economics
Financial Management
Creating and Delivering Customer Value
Management Research Methods
Business Strategy
Contemporary Business Issues
Business Project (ikki semesterlik modul)