Biznes Boshqaruvi

BA07.jpg

Biznes Boshqaruvi kursi uch yillik to’liq kurs hisoblanadi. Bu kurs Buyuk Britaniya Vestminster Universiteti Harrou Biznes maktabi tomonidan olib boriladigan Biznes kursiga asoslangan va mahalliy sharoitga moslashtirilgan. Biznes Boshqruvi kursida talabalarga biznes sohalari haqida umumiy bilim beriladi va biznesga tegishli asosiy nazariyalar, biznes uslublari va faoliyatlari o’rgatiladi.

Biznes Boshqruvi kursida kimlar o’qishi mumkin?

Biznes Boshqaruvi kursida quyidagilar o’qishi mumkin:

  • Biznes sohalarida, xususan Marketing, Buxgalteriya va Moliya, Inson Resurslari Menejmenti yoki umumiy menejment sohalarida umumiy menejer bo’lishni xohlovchilar
  • Biznesning Buxgalteriya, Marketing, Moliya, Menejment va boshqa sohalarining birida mutaxassis bo’lishni xohlovchilar
  • O’z biznesiga ega bo’lishni xohlovchilar. Bu kurs o’z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun kerak bo’lgan asosiy nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni beradi
  • Biznes sohalaridan birida o’z karyerasini rivojlantirishni xohlovchilar

Qabul talablari

Qabul va Hujjat topshirish bo’limlariga qarang

Kurs natijalari va Kurs tuzilishi