Malaka Oshirish Yo’nalishida Maxsus Kurs

pg.jpgMalaka oshirish yo’nalishidagi mahsus kurs o’z professional mahoratini oshirishni istagan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. Ushbu kurs 20 kreditlik (Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga ko’ra) bitta “O’qitish va Bilim Olish Nazariyasi va Amaliyoti” modulidan tashkil topgan. Malaka oshirish yo’nalishidagi maxsus kurs Buyuk Britaniya Vestminster universiteti tomonidan Toshkent Halqaro Vestminster Universitetida o’tkazilishi uchun tasdiqlangan kursdir.

Kurs Yevropa mamlakatlarida joriy qilingan mustaqil bilim shakillantirish metodikasini qo’llashda o’qitish, bilim olish, baholash va dars jarayonini boshqarish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishni o’z ichiga oladi.

Kurs maqsadlari

• Talabalarga ta’lim berish jarayonini yaxshilashda o’qituvchilarga yordam berish

• Samarali o’qitish va bilim olish tushunchalarini joriy etish;

• Tekshirish va baholash qoidalarini joriy etish;

• O’qituvchilarga o’z o’qitish mahoratini oshirish imkoniyatini yaratish;

• Oliy ta’limdan keyingi malaka oshirish jarayoni uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy yondashuvlarni joriy etsih;

• Turli ta’lim nazariyalari va hamkasabalar dars jarayonini kuzatish orqali o’z shaxsiy tajribasini jiddiy baholash uchun imkoniyat berish;

Kurs to’liq ingliz tilida o’qitiladi. Muvafaqqiyatli tugatgan o’qituvchilarga Angliyadagi Vestminster Universiteti tomonidan sertifikat beriladi. Kursni o’tish muddati 10 oy va asosiy mehnat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiriladi. Kursning bahosi O’zbeskiston fuqarolari uchun 700 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

O’qitish, o’rganish va baholash usullari

Kurs sanalari, vaqtlari va bo’lib o’tish joyi

Qabul talablari

Qanday hujjat topshiriladi