Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursi

So’z boshiUniversity of Westminster Marelybone campus entrance

Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursi London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan va TXVUda olib boriladigan kurs hisoblanadi. Bu kurs dasturi to’xtovsiz oshib borayotgan biznes menejmentiga oid bilim va tajriba globallashuviga katta ahamiyat qaratadi.

Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursida kimlar o’qishi mumkin?

Bu kurs dastlabki faoliyati yoki bakalavr ilmiy darajasi biznes sohalaridan birida bo’lmagan talabalar uchun mo’ljallangan. Kurs menejmentning barcha ko’rinishlariga intensiv tanishtiruvdan va talabalarni xalqaro biznesda ilmiy tajribalarini tatbiq etishga o’rgatishdan iborat.

Bu kurs mening karyeramaga qanday yordam beradi? 

Graduation on steps Bu kurs talabalarni ko’p davlatlarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlarda menejment karyerasiga ega bo’lishlari uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni beradi. Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursi Biznes Boshqruvi Magistratura kursiga o’xshash dasturga ega lekin ko’p xalqaro Biznes Boshqruvi Magistratura Kurslaridan mustahkamroq nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, bu magistratura kursi Buyuk Britaniyaning katta mavqe’ga ega universiteti tomonidan taqdim etilgan.
 

 

Kurs dasturi

Sanalar va to’lovlar

Qabul talablari

Qanday hujjat topshiriladi

Ko’p beriluvchi savollar (FAQ)