Ko’p beriladigan Savollar

KO`P BERILADIGAN SAVOLLAR

  1. Bu kurs nima haqida?
  2. Bu Biznes Boshqaruvi Magistratura kursimi (MBA)?
  3. Bu kurs Ozbekistondagi biznesga e`tibor qaratadimi?
  4. Kurs kim uchun mos keladi?
  5. Kursni bitirganimdan so`ng nima qilishim mumkin?
  6. Kurs qachon boshlanadi va qancha davom etadi?
  7. Bir haftada necha soat o`qish bo`ladi?
  8. O`qish butun yil davom etadimi?
  9. Kursning tuzilishi.
  10. Kurda kimlar dars beradi?
  11. Kirish talablari qanday?
  12. Kirish jarayoni qanday kechadi?
  13. IELTS imtihoni qanday topshiriladi?
  14. Kurs narxi qanday?
  15. Magistratura kursi uchun grant bormi?
  16. Biznesdan bakalavr darajam bo`lgan taqirda, bu kursda o`qishim mumkinmi?
  17. Tanishuv haftasi nima va u majburiy jarayonmi?

1. BU KURS NIMA HAQIDA?

Bu kurs talabalarni ko’p davlatlarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlarda menejment karyerasiga ega bo’lishlari uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni beradi. O’quv dasturi Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti tomonidan tuzilgan, akkreditatsiya qilingan va o’quv-metodik jihatdan davomiy tarzda qo’llab-quvvatlanadi. Magistratura talabalariga o’qish jarayonida mukammal bilim olishlari uchun va biznes boshqaruvi borasidagi ko’plab masalalarga tayyorgarlikdan o’tishlari uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

2. BU BIZNES BOSHQARUVI MAGISTRATURA KURSIMI (MBA)?

Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursi Biznes Boshqaruvi Magistratura kursiga o’xshash dasturga ega, lekin ko’p xalqaro Biznes Boshqaruvi Magistratura Kurslaridan mustahkamroq nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, bu magistratura kursi Buyuk Britaniyaning katta mavqe’ga ega universiteti tomonidan taqdim etilgan.

3. BU KURS OZBEKISTONDAGI BIZNESGA E`TIBOR QARATADIMI?

Bu kursning o’ziga xos tomonlaridan biri O`zbekistondagi biznes holatini analiz qilish bilan bog`liq bo`lgani bilan bir qatorda, e`tibor boshqa xalqaro mamlakatlar holatlariga qaratiladi. Mazkur kursning asosiy maqsadi – ko`p millatli tashkilotlar uchun istalgan mamlakatda samarali mehnat qiluvchi mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

4. KURS KIM UCHUN MOS KELADI?

Ikki yil davom etadigan ushbu dastur talabalarning o’z ish joylaridagi faoliyatlarini to’xtatmagan holda bilim olishini ta’minlaydi. O’quv dasturi ilmiy-tadqiqot olib borish, magistratura yo’nalishidagi maxsus bilimlarni o’zlashtirish va shuningdek magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. Tajribali talabalar mazkur kursdan ko`proq foyda ko`radilar, chunki u talabalarning tajribalaridan kelib chiqqan holda biznesdagi muammolar hamda ularning yechimi haqida fikr yuritishga mo`ljallab ishlab chiqilgan.

5. KURSNI BITIRGANIMDAN SO`NG NIMA QILISHIM MUMKIN?

Xalqaro miqyosda tan olingan biznes darajasi bo`lgan Xalqaro Biznes va Menejment kursi bisnesda asosiy malaka hisoblanib, ko`pgina ish beruvchilarning e`tiborini jalb qiladi. Universitet kurs tugaganidan so`ng talabalarni ishga joylashtirish majburiyatini olmaydi, lekin ularning karyeralaridagi keyingi qadamlari uchun asosli maslahatlar beradi, talabalarni qo`llab-quvvatlaydi. Universitetda Karyera Markazi mavjud bo’lib, bu markaz talabalarga yordam beradi.

6. KURS QACHON BOSHLANADI VA QANCHA DAVOM ETADI?

Kurs 24 oy davom etadi. Sentyabr va Yanvar oylarida, ya`ni ikki marta talabalar qabul qilinadi.

7. BIR HAFTADA NECHA SOAT DARS BO`LADI?

Britaniya o`quv tizimi mustaqil o`qishga katta e`tibor beradi – bunda talaba kutubxona resurslaridan foydalanishda, taqdimotlarni tayyorlashda va boshqa ilmiy izlanishlarida qo`llab turiladi, yo`naltiriladi va unga maslahatlar beriladi. Shu asosda kursning ma`lum qismi darslardan tashqarida bo`lib o`tadi.

Kurs mobaynida odatda 1 haftada 3 soat ma`ruza, 3 soat seminar bo`lib o`tadi; darslar kechki payt bo`ladi.

8. KURS YIL BO`YI DAVOM ETADIMI?

Kurs ikkita (kuzgi va bahorgi) semestrdan va ta`til – yozdan iborat. Darslar 1- va 2-semestrlarda o`tiladi (oktyabrdan maygacha), loyiha yoz bo`yi tugatilishi mumkin. Loyihangiz uchun o`zingizga ilmiy rahbar tayinlaysiz va undan yilbo`yi maslahat va ko`rsatmalar olishingiz mumkin.

9. KURSNING TUZILISHI

Kurs tarkibi biznes va menejment sohasidagi bilim va amaliyot globallashuvi kengayishini o`z ichiga oladi hamda bu xalqaro biznesning barcha sohalarida qo`llaniladi. Magistratura kursining asosiy qismi bu – biznes-loyiha bo`lib, u ma`lum bir muammoni yaxshilab o`rganib chiqish imkonini beradi.

10. KURSDA KIMLAR DARS BERADI?

Kursda butunjahon universitetlari, xalqaro tashkilotlar va ko`p millatli kompaniyalarda o`z tajriba va bilimlarini oshirib borayotgan xalqaro va mahalliy o`qituvchilar dars beradilar. Ular Londondagi Vestminster Biznes Maktabidagi hamkasblari bilan birga baholash jarayonini olib boradilar va bilim darajasining yuqori bo`lishini ta`minlaydilar.

11. KIRISH TALABLARI QANDAY?

Yosh talabi:

Talaba o`qish boshlanguniga qadar kamida 22 yosh bo`lishi kerak.

Birinchi daraja talabi: 

Bakalavr (birinchi ) darajasi at the level of a Lower Second Class Honours (UK) or overseas equivalent.

Ingliz tili bo`yicha qo`yiladigan talab:

6,5 balldan kam bo’lmagan IELTS (yozma bo’limi 6.0 dan kam bo’lmasligi shart) yoki kamida 100 ballga teng TOEFL (iBT) sertifikati. (Agar siz xalqaro miqyosda tan olingan, ingliz tilida dars o’tiladigan universitet diplomiga ega bo’lsangiz ingliz tili imtihoni sizdan talab qilinmasligi mumkin.)

12. KIRISH JARAYONI QANDAY KECHADI?

Bu juda oddiy:

1. Ariza: O’qishga kiruvchilar ariza shaklini yuklab olib to’ldirgan holda universitetning o’quv bo’limiga topshirishi yoki elektron pochta (postgradadmission@wiut.uz) orqali jo’natishi mumkin. (Arizangizni elektron manzilimiz orqali yuborganingizdan so’ng (+99871)238-74-17 raqamlari orqali qo’ng’iroq qilib arizangiz yetib kelganini tekshiring) 

Shuningdek, ariza shaklini O`quv Bo`limidan olishingiz ham mumkin. Bundan keyin abiturient qabul komissiyasi tomonidan suhbatga taklif qilinadi.

2. Intervyu: Agar asosiy shartlarni bajargan bo`lsangiz, siz telefon orqali intervyuga taklif qilinasiz. Intervyu natijasi 1 hafta davomida sizga ma`lum qilinadi. Intervyudan o`tganingizdan so’ng sizga qabul jarayoni haqida batafsil ma`lumot beriladi.

13. IELTS IMTIHONI QANDAY TOPSHIRILADI?

IELTS imtihoni Buyuk Britaniya kengashi tomonidan o`tkaziladi. Mazkur imtihonni topshirish uchun Buyuk Britaniya kengashiga murojaat qiling.

14. KURS NARXI QANDAY?

  • 10 260$ – O`zbekiston fuqarolari uchun;
  • 11 250$ – xorijiy fuqarolar uchun.

To`lov Markaziy Bank kursi bo`yicha so`mda, naqd yoki pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Kurs 2 yil davom etadi.

15. MAGISTRATURA KURSI UCHUN GRANT BORMI?

Universitet bakalvriat uchun grant joylari ajratadi, lekin Britaniya universitetlari uchun umumiy tajriba bo`lgan magistratura kursi uchun grant yo`q. Talabalar o`qish uchun o`zlariga homiy topishlari mumkin.

16. BIZNESDAN BAKALAVR DARAJAM BO`LGAN TAQIRDA, BU KURSDA O`QISHIM MUMKINMI?

Darajangizning mohiyatidan kelib hiqqan holda qabul hay`ati qaror qabul qiladi. Ko`p holatlarda bunga rad javobi beriladi, lekin siz bakalavr biznes darajangiz o`qimoqchi bo`lgan kursingizdan boshqacha ekanligini ko`rsatib bera olsangiz, o`qishga qabul qilinishingiz mumkin.

17. TANISHUV HAFTASI NIMA VA U MAJBURIY JARAYONMI?

Tanishtiruv haftasi o`qish fanlaridan oldin bo`lis, nafaqat kurs jaryoni va universitet bilan tanihtiradi, balki sizni o`qish dasturi bilan tanishtiradi. Buyuk Britaniya Magistratura kursi Akademik maqsadlar uchun Ingliz tili, Izlanishlar olib borish qobiliyati, Shaxsiy Rivojlanish mahorati va rivojlangan kompyuter savodxonligi kabi bilim va mahoratlarning talabada mavjud bo`lishini talab qiladi. Tanishtiruv dasturi bu bilimlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari bu haftada talabalarni birlashtirib, guruh ruhiyatini yaxshilaydi, ularni muvaffaqiyatga erishishlarida bir-birlariga yordam berishlarini ta`minlaydi. Shu sababdan mazkur Tanishtiruv haftasi barcha talabalar uchun muhimdir.