Magistratura kurslari

postgrad.jpg

Bakalavr kurslari muvaffaqiyati, 2006 yilda TXVUda birinchi magistratura kurslari ochilishiga zamin bo’ldi. TXVUdagi birinchi magistratura kursi bu Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursi bo’lib, bu kurs London Vestminster Univesitetining Vestminster Biznes Maktabi tomonidan tavsiya etiladigan mashhur kurslardan biridir. Hozirda bu kurs TXVU tomonidan yuritilishi uchun tasdiqdan o’tgan. Bu kurs ikki yillik kurs bo’lib, talabalarga ish va o’qishni birga olib borish imkonini berish uchun asosan kechki mahal olib boriladi. Shu sababdan bu kurs xususiy sektorda va boshqa xalqaro tashkilotlarda faoliyat yurituvchilar orasida ommalashgandir. Kursda ko’p sondagi chet ellik talabalar ham ta’lim olishadi va bu o’quv jarayonida fikrlar va tajribalar hilma-hilligini ta’minlaydi.

Ikkinchi magistratura kursi bu O’qitish va Bilim olish yo’nalishida mahsus kurs bo’lib, bu kurs 2007 yilda ochildi. Kurs ish faoliyati davomida o’z bilim saviyasini oshirishni xohlovchi o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. O’qitish va Bilim olish yo’nalishida mahsus kurs erishilgan professional tajribani amaliyotga tatbiq etishga qaratilgandir.

Erishilgan tajribani amaliyotga tatbiq qilish orqali ta’lim olish magistratura kurslariga xosdir va TXVU professional tajribali va ish faoliyati davrida o’z mahoratini oshirishni xohlovchilar uchun ko’proq magistratura kurslarini ochish niyatiida.

Xalqaro Biznes va Menejment magistratura kursi

Malaka Oshirish Yo’nalishida Maxsus Kurs