Kurs natijalari va kurs tuzilishi

Kurs natijalari

Kurs oxirigacha talabalar quyidagilarga ega bo’lishadi:

  • Analitik qobiliyatni rivojlantirish va asosiy matematik uslublarni biznes muammolariga tatbiq e’tish
  • Ingliz tilida muloqat qilish qobiliyatini yahshilash
  • Bakalavr yo’nalishlarida ta’lim olish uchun muhim bo’lgan o’qish mahoratini qo’lga kiritish
  • Yozuv kompyuteridan foydalanish va boshqa tijoriy kompyuter dasturlaridan foydalana olish
  • Biznesning nazariy va amaliy sohalarini anglab yetish
  • Axborot va kommunikatsiyon texnologiyalarning biznes faoliyati va strategiyasiga aloqasini tushunish
  • O’tish davridagi jamiyatlarning huquqiy va iqtisodiy muhitini anglash

O’quv dasturi Umumta’lim kursining asosiy maqsadi bo’lmish talabalarni osonlik bilan bakalavr kurslarida o’qib ketishlari uchun yetarli bilim darajasiga chiqrishga mo’ljallangan. Kurs talabalarning umumiy mahoratini va Ingliz tili bilimini IELTS bo’yicha kamida 6.0 ballga teng darajaga olib chiqadi. Bundan tashqari Umumta’lim kursi dasturi talabalarni bir qancha muhim professional mahorat bilan ta’minlashga qaratilgan. Shu jumladan:

boshqalar orasida: guruh ichida samarali ishlay olish

menejmentga oid: umumiy rejalarga ko’pchilikning xissa qo’shishga jalb etish, vazifalarni aniqlash va topshirish, ijodkorlik qobiliyatini ishga solish, mas’uliyat va javobgarlik, rahbarlik qobiliyati

muomala

izlanish

muammolarni hal etish

Bu mahoratlarga qo’shimcha ravishda, talabalar kursni muvaffaqiyatli tugatgach bir qancha shaxsiy fazilatlarni ham qo’lga kiritishlari kutiladi. Xususan:

shaxsiy bilim: o’z salohiyat va kamchiliklarini analiz qilish, shaxsiy maqsadlarini belgilash, shaxsiy faoliyat ko’rstishning o’ziga mos tarzini aniqlash

vaqtini samarali sarflash

ta’lim olish mahorati  

Kurs tuzilishi 

Umumta’lim kursiga uchta modul asosdir va ular o’quv yili bo’yi davom etadi. Bular:

English for Academic Purposes
Personal Development
Context of Business

Ikkita birinchi semestr moduli talabaning umumta’lim kursi bilimini to’ldiradi. Bular: 

Quantitative Methods
Information Communication Technology

Ikkinchi semestrda talabalar yuqoriroq mutaxassislikka ilk odimlarini otishadi. Bunda quyidagi ixtiyoriy modullardan ikkitasi yordam beradi: 

Foundations of Economics
Introduction to Law and Legal Systems
Introduction to Internet and WWW