Xalqaro Umumta’lim kursi

WIUT-PC-lab.jpg

TXVUning Xalqaro Umumta’lim kursi to’liq bir yillik kurs hisoblanadi. Kurs Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan. Bu kurs oliy ta’lim uchun ilk qadam hisoblanadi. Kursning asosiy maqsadi talabalarni oliy ta’limning yuqori bosqichlariga tayyorlashdan iboratdir. Xalqaro Umumta’lim kursi Vestminster Universiteti tomonidan taqdim etilgan va Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari va boshqa dunyoning ko’pgina universitetlaridagi bakalavr kurslariga kirish malakasini beradi.

Xalqaro Umumta’lim kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar TXVU bakalavr kurslariga o’tish malakasini qo’lga kiritadilar. Shuningdek, talabalar London Vestminster Universitetining tegishli bakalavr kurslariga o’tish malakasiga ham ega bo’lishadi.

Kursning asosiy xususiyatlari

Xalqaro Umumta’lim kursi quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Kurs talabalarni Buyuk Britaniya madaniyati va oliy ta’lim uslubi bilan tanishtiradi. Buning muhim tarafi shundaki, Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi O’zbekiston oliy ta’lim tizimidan farq qiladi va bu tizimga moslashish uchun ma’lum vaqt ketadi
  • Kurs talabalarni Ingliz tilida ta’lim olish qobiliyatini rivojlantiradi. Busiz talabalar ta’limning yuqoriroq bosqichlariga o’ta olishmaydi
  • Kurs Biznes, Axborot Texnologiyalari, Huquq va Iqtisodiyot uchun kerak bo’lgan boshlang’ich bilimni beradi va talabalarga kelgusi mutaxassisliklarini tanlashga yordam beradi
  • Kurs muzokora qilish qobiliyatini va fikr erkinligini rivojlantiradi. Bular Buyuk Britaniya ta’lim tizimining muhim jihatlaridir.

Qabul talablari

Qabul talablari va Hujjat topshirish bo’limlarini qarang

Kurs natijalari va Kurs tuzilishi