TXVU kurslari

TXVU Buyuk Britaniyaning ilg’or oliy ta’lim tajribasini o’zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyodagi yagona o’quv yurtidir. Universitet talabalarga London Vestminter Universitetining bakalavr va magistratura o’quv dasturi asosida ta’lim beradi va o’qish muvaffaqiyatli tamomlanganda London Vestminster Universitetining diplomlari topshiriladi.
Universitet mahalliy va xalqaro talabalarga keng qamrovli professional karyerani rivojlantirish imkoniyatlarini taklif qiladi. Universitetda London Vestminster Universiteti tomonidan rasmiy tasdiqlangan quyidagi kurslar mavjud:
Xalqaro Umumta’lim Kursi - bu kursda talabalar xalqaro ta’lim tizimida kerak bo’ladigan boshlang’ich bilim va tajribaga ega bo’ladilar. Xalqaro Umumta’llim kursini tugatgandan keyin beriladigan sertifikat talabalarga Londondagi Vestiminster Universitetida yoki chet eldagi boshqa universitetlarning bakalavr kurslarida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.
Bakalavr kurslari quyidagilardan iborat:
Biznesda Axborot Texnologiyalari
Ushbu kurslar olti o’quv semestrlaridan iborat bo’lib, kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga bakalavr diplomi beriladi.
Shuningdek, TXVUda quyidagi Magistratura kursi bor:
Maxsus kurs:
Malaka Oshirish Yo’nalishida Maxsus Kurs
TXVUga o’qishga kirish istagida bo’lganlar uchun kerakli bilimlarni berishga mo’ljallangan maxsus “Pre-foundation” kurslari mavjud. Bu ta’lim oluvchilarga Ingliz tili va matematikadan mahoratlarini oshirishga yordam beradi.
Yuqoridagi kurslarga qo’shimcha ravishda Universitet biznes, davlat va nodavlat tashkilotlarining muayyan ehtiyojlariga mos Korporativ Treyning va Maslahat Xizmatlarini ham taklif qiladi.
Yangi biznes ochish va uni rivojlantirish istagida bo’lganlar uchun esa TXVUda Yosh Tadbirkorlar Treyning Kursi mavjud.
Shuningdek, Axborot Texnologiyalari sohasida bilimini oshirish istagida bo’lganlar uchun TXVU tasdiqdan o’tgan Cisco Akademiyasi kurslarini olib boradi.
