Konferentsiyalar

conference.jpg

TXVUda davomiy ravishda konferentsiyalar o’tkazilib turiladi, xususan har yili May oyida an’anaviy xalqaro ilmiy konferentsiya tashkillashtiriladi. O’tgan konferentsiyalarda O’zbekistonda biznes sohasining rivojlanishi, biznes va oliy ta’lim o’rtasidagi uzviy aloqa masalalari ko’rib chiqilgan edi. Bu kabi konferentsiyalar ta’lim va biznes sohasida faoliyat yurituvchilarning fikr almashishlari uchun albatta yaxshi imkoniyatdir. Shuningdek, bunday tadbirlar Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, xalqaro ta’lim tashkilotlari, shu jumladan TXVUning muhim hamkori Britaniya Kengashi va Yevropa Ittifoqining TEMPUS loyihasi; UNDP va UNESCO xalqaro tashkilotlari, Coscom va Nestlē kabi kompaniyalar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

Bu konferentsiyalar turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda faoliyat olib boruvchilarni uch tilda - O’zbek, Rus va Ingliz tillarida davlat miqyosidagi muammolarni muhokama qilishlariga imkoniyat yaratib beradi.

Kelgusi bo’lib o’tadigan konferentsiya bo’yicha ma’lumot uchun veb sahifamizni kuzatib boring.

2009 yilda o’tkazilgan konferentsiya xususida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.