Grantlar

scholarship1.jpg

TXVUda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun cheklangan miqdordagi grantlar mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun universitetga murojaat qiling.

TXVUda bo’lib o’tadigan grant imtihoniga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

  1. Ariza shakli
  2. 8 ta rasm (3.5×4.5)
  3. IELTS sertifikati (agar abiturient IELTS sertifikatiga ega bo’lmasa, ushbu imtihonni topshirish uchun ro’yxatdan o’tganligi to’g'risida ma’lumot)
  4. Pasport nusxasi
  5. 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma
  6. Harbiy xizmatga aloqadorligi to’g'risidagi hujjatning nusxasi
  7. Papka va konvert

Grantlar tanlov asosida beriladi:

  • Grantlar abiturientning IELTS bahosi va grant imtihoni natijasiga ko’ra beriladi.
  • Umumiy natija 60% IELTS va 40% grant imtihoni bahosiga asoslanadi. Grant uchun qo’yilgan talablar TXVU Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

IELTS mustaqil xalqaro imtihon bo’lib, Britaniya Kengashi tomonidan olib boriladi. Grant imtihoni London Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlanadi va TXVUda o’tkaziladi.

2010 o’quv yili uchun qabulning muhim sanalari bilan ushbu sahifada tanishib chiqishingiz mumkin.

O’quv bo’limi imtihon natijalarini Avgust oyining oxirgi haftasida e’lon qiladi.