Ko’p beriladigan savollar

TXVUga qabul masalasida siz qiziqtirgan savollar bilan xohlagan ish kunida murojat qilishingiz mumkin, shuningdek o’qishga ariza topshirish yil bo’yi davom etadi. Universitetga o’qishga qabul qilinish uchun barcha qabul talablariga javob berish lozim.

TXVUga qabul talablari London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlanadi. O’qishga topshirishdan oldin abiturientlar TXVU ariza shaklini to’ldirishlari kerak bo’ladi.

O’quv Bo’limi topshirilgan arizalarni ko’rib chiqadi va agar arizalar qoniqarli deb baholansa ariza topshiruvchilar shartli taklif (conditional offer) yoki shartsiz taklif (unconditional offer) olishadi. Shartsiz taklif barcha qabul talablarini bajargan abiturientlarga beriladi.

Arizalar

Arizalarni yil bo’yi istalgan vaqtda TXVU O’quv Bo’limiga topshirsh mumkin (Quyida ko’proq ma’lumot berilgan). TXVU ariza shaklini bu sahifadan yuklab olish mumkin. Arizalar to’ldirilib TXVU O’quv Bo’limiga topshiriladi.

Ko’p beriladigan savollar

      

  1. Universitetda qanday yo’nalishlarda o’qish olib boriladi?
  2. Qabul talablari qanday?
  3. Ariza topshirish muddati
  4. Hujjatlarni topshirish muddati
  5. Shartli va shartsiz taklif xati nima?
  6. O’qishga qabul qilinish uchun abiturient qanday imtihonlardan o’tishi kerak?
  7. Universitetga qabul imtihoni qachon va necha marta bo’ladi?
  8. Shartnoma asosida o’qish narxi qancha?
  9. Grantlar haqida ma’lumot
  10. Grant bo’yicha qabul talablari
  11. TXVU grant imtihoniga ro’yxatdan o’tish shartlari
  12. Grant imtihoni qachon bo’lib o’tadi?
  13. Talabalarga Buyuk Britaniyada o’qish imkoniyati bormi?
  14. Matematikadan imtihon namunalarini qayerdan olish mumkin?
  15.  

1. UNIVERSITETDA QANDAY YO’NALISHLARDA O’QISH OLIB BORILADI?

TXVU quyidagi yo’nalishlarda abiturientlarni o’qishga taklif qiladi:

Xalqaro Umumta’lim kursi

Biznes Boshqaruvi Bakalavr kursi

Iqtisodiyot Bakalavr kursi

Iqtisodiyot va Moliya Bakalavr kursi

Tijoriy Huquq Bakalavr kursi

Biznesda Axborot Texnologiyalari Bakalavr kursi

Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursi

Kurlar akkreditatsiyasidan o’tgan va bitiruvchilar Londondagi Vestminster Universiteti diplomi bilan taqdirlanishadi
2. QABUL TALABLARI QANDAY?

Xalqaro Umumta’lim kursiga qabul uchun quyidagi talablar qo’yilgan:

      

  • Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 17 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
  • Kamida 5.5 IELTS balli (IELTSning yozma bo’limidan 5.0 balldan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli (IELTS qanday imtihon?)
  • TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE yoki International Baccalaureate malakalariga ega bo’lish
  • O’zbekiston fuqarolari keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qiganligi va maktabni tugatganligi to’g’risida shaxodatnomaga ega bo’lishlari kerak.
  •  

Bakalavr kurslariga kirish uchun quyidagi talablar qo’yilgan:

      

  • Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 18 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)
  • Kamida 6.0 IELTS balli-Tijoriy Huquq kursiga 6.5 (IELTSning yozma bo’limidan 6.0 balldan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli
  • TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE A/S, International Baccalaureate, SATS, ACT kabi malakalarga ega bo’lish
  • Xohlovchilar O’zbekiston oliy ta’lim dargohlarida birinchi o’quv yilini muvaffaqiyatli tugatgan bo’lishlari kerak
  •  

3. ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI

O’qishga kirishni xohlovchilar butun yil davomida o’qishga kirish uchun ariza topshirishlari mumkin. To’ldirilgan TXVU ariza shakli ikkita rasm bilan birgalikda O’quv Bo’limiga topshiriladi.

Arizalar O’quv Bo’limi tomonidan ko’rib chiqiladi va ariza topshiruvchilarga shartli taklif (conditional offer) yoki shartsiz taklif (unconditional offer) xatlari beriladi.

TXVU o’quv bo’limi quyidagi vaqtlarda arizalarni qabul qiladi:

Dushanba-Juma
9:00 – 13:00 va 14:00 – 17:00

4. HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI

Hujjatlar o’qishga kirishdan oldin istalgan paytda topshirilishi mumkin. TXVUga o’qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

      

  • Attestat
  • 8 ta 3×4 hajmdagi rasm
  • 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
  • Passport nusxasi
  • Harbiy hizmatga aloqadorligi to’g'risidagi hujjatning nusxasi (yigitlar uchun)
  •  

5. SHARTLI VA SHARTSIZ TAKLIF XATI NIMA?

O’qishga kirishni xohlovchilar o’z bilim darajalarini isbotlavchi hujjatlarni universitetga olib kelib ko’rsatishlari kerak (Masalan: IELTS sertifikati, attestat va hakazo). Universitetga taqdim etilgan hujjatlarga qarab ariza topshiruvchilarga shartli taklif (conditional offer) va shartsiz taklif (unconditional offer) xatlari beriladi.

Shartli taklif (conditional offer) ariza topshiruvchining hujjatlari barcha qabul talablariga mos bo’lmagan taqdirda beriladi (masalan: IELTS imtihondan o’tmagan yoki maktab yoki litsey ta’limini tugatmagan bo’lsa). O’qishga qabul sharti xatda ko’rsatiladi.

Shartsiz taklif (unconditional offer) ariza topshiruvchi barcha qabul talablarini bajargan abiturientlarga beriladi (TXVUga qabul talablari uchun qarang).

6. O’QISHGA QABUL QILINISH UCHUN ABITURIENT QANDAY IMTIHONLARDAN O’TISHI KERAK?

      

  • Abiturient Britaniya Kengashi tomonidan olib boriladigan IELTS imtihonidan o’tishi kerak. IELTS imtihoni har oyda bir marta bo’lib o’tadi (IELTS imtihon kunlari jadvali). IELTS imtihonini topshirish xarajatlari abiturient tomonidan qoplanadi.
  • Abiturient matematikadan TXVUga kirish imtihonidan ham muvaffaqiyatli o’tishi kerak. Bu imtihon Ingliz tilida bo’lib o’tadi va London Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangandir.
  •  

7. UNIVERSITETGA QABUL IMTIHONI QACHON VA NECHA MARTA BO’LADI?

IELTS imtihoni: Ma’lumotlarni Britaniya Kengashidan olasiz (tel: 140-0660)

Matematika imtihoni: Ma’lumotlarni TXVU O’quv Bo’limidan olasiz (238-7423)

Abiturient matematikadan O’quv Bo’limida kontrakt yoki grant imtihonini topshirish uchun ro’yxatdan o’tishi kerak.

8. SHARTNOMA ASOSIDA O’QISH NARXI QANCHA?

Shartnoma asosida o’qish narxi

  • 5200 AQSh dollari, o’zbekiston fuqarolari uchun;
  • 5500  AQSh dollari, chet el fuqarolari uchun;

to’lovlar Uzbekiston so’mida Markaziy Bankning to’lov kunidagi AQSh dollarining so’mga nisbatan qiymatida amalga oshiriladi.

9. GRANTLAR HAQIDA

      

  • Xalqaro umumta’lim kursiga cheklangan miqdordagi grantlar mavjud
  • Grantlar miqdori TXVU Qabul Komissiyasi tomonidan belgilanadi
  • Bakalavr kurslariga grantlar mavjud emas
  • Grant asosida o’qishga kirishni xohlovchilar Matematika va Mantiqdan London Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan imtihondan o’tishlari lozim
  • Grantlar faqat o’qish xarajatlarini qoplaydi, ya’ni grant asosida ta’lim o’luvchilarga stipendiyalar berilmaydi
  • Grant asosida ta’lim olganlar o’qishni tugatgandan keyin 5 yil davomida davlat korxonalarida ishlab berishga majburiyatini olishi shart
  • TXVU grantlari faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi
  •  

10. GRANT BO’YICHA QABUL TALABLARI

      

  • Grant asosida o’qishga kirishni xohlovchilar Matematika va Mantiqdan London Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan imtihondan o’tishlari lozim
  • Grantlar konkurs asosida beriladi. Xalqaro umumiy natija 60% IELTS va 40% grant imtihoni bahosiga asoslanadi. Grant uchun qo’yilgan talablar TXVU Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
  •  

11. TXVU GRANT IMTIHONIGA RO’YXATDAN O’TISH SHARTLARI

Abiturient matematika va mantiqdan TXVU grant imtihonida ishtirok etishi uchun IELTS imtihonini topshirgan yoki imtihonni topshirish uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak.

12. GRANT IMTIHONI QACHON BO’LIB O’TADI?

Odatda grant imtihonlari Iyul oyining boshida TXVU binosida bo’lib o’tadi. Grant imtihonining aniq kuni va unga ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni vebsaytimiz e’lonlarida beriladi (kuzatib boring). To’liq ma’lumot olish uchun O’quv Bo’limiga murojaat qiling: (+998 71) 238 - 7417

13. TALABALARGA BUYUK BRITANIYADA O’QISH IMKONIYATI BORMI?

TXVUning barcha o’qish jarayoni Toshkent shahrida olib boriladi. Agar talaba Buyuk Britaniyada o’qish istagida bo’lsa, o’qish, yashash va boshqa xarajatlarni to’liq o’z zimmasiga oladi.

14. MATEMATIKADAN IMTIHON NAMUNALARINI QAYERDAN OLISHIM MUMKIN?

Matematikadan TXVUga kirish imtihonining namunalarini bu yerdan olishingiz mumkin.