Hujjat topshirish jarayoni

O’qishga ariza topshirish yil bo’yi davom etadi. TXVUga o’qishga kirishni xohlovchilar barcha qabul talablariga javob berishlari kerak.

TXVUga qabul talablari London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan.

TXVUga o’qishga kirishni xohlovchilar yil bo’yi istalgan paytda TXVU ariza shaklini to’ldrishlari kerak bo’ladi.

Arizalarni TXVU O’quv Bo’limi ko’rib chiqadi va agar arizalar qoniqarli deb topilsa ariza topshiruvchilar shartli (conditional offer) yoki shartsiz (unconditional offer) taklif olishadi. Agar ariza topshiruvchilar barcha qabul talablariga javob bersa shartsiz (unconditional offer) taklif beriladi.

Agar ariza topshiruvchilar shartli (conditional offer) taklif olishsa, o’qishga qabul qilinishlaridan oldin zaruriy hujjatlarni universitetga topshirishlari lozim.

TXVUga qabul qilingan talabalar TXVUda amal qilinadigan barcha qoidalarga va London Vestminster Universitetining o’quv qoidalariga bo’ysunishlari kerak bo’ladi.

Ariza shakli;

Qabul bo’yicha Ko’p Beriladigan Savollar

“Qabul 2010″ ning muhim sanalari