Qabul

admission1.jpg

TXVUga qabul talablari Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan qabul qoidalariga asoslangandir.

Hozirda qabul talablari quyidagilardan iborat:

Umta’lim Kursi:

Qabul qarorlari asoslangan tamoyillarning muhim tarafi shundaki, ular talabaga kursdan foyda olish va muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. O’qishga kirishni xohlovchilar yosh, Ingliz tili, Matematika va boshqa umumiy talablarga javob berishi kerak:

Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 17 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)

Kamida 5.5 IELTS balli (IELTSning yozma bo’limidan 5.0 dan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli

TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE yoki International Baccalaureate malakalariga ega bo’lish

O’zbekiston fuqarolari keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qiganligi va maktabni tugatganligi to’g'risida shaxodatnomaga ega bo’lishlari kerak. Kamida o’rtacha 70% shaxodatnoma (attestat) balli yetarli bo’ladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. O’qishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini ko’rsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablariga ko’ra qabul qilinadi.

Bakalavr Kurslari:

Bakalavr kurslariga kirish uchun quyidagi talablar qo’yilgan:

Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 18 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)

Kamida 6.0 IELTS balli-Tijoriy Huquq kursiga 6.5-(IELTSning yozma bo’limidan 6.0dan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli

TXVUning matematikadan kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE A/S, International Baccalaureate, SATS, ACT kabi malakalarga ega bo’lish

O’zbekistonlik o’qishga kirishni xohlovchilar keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qigan va maktabni tugatganligi to’g'risida shaxodatnomaga ega bo’lishi va oliy o’quv yurtining birinchi o’quv yilini muvaffaqiyatli tugatgan bo’lishlari kerak. Odatda kamida o’rtacha 70% o’zlashtirish balli yetarli bo’ladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. O’qishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini ko’rsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablari asosida qarab chiqiladi.

Magistratura Kurslari 

Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursi

Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursiga quyidagi talablarga ko’ra qabul qilinadi:

O’qishga qabul paytida kamida 22 yoshda bo’lish kerak

Har qanday sohada Buyuk Britaniyaning Lower Second Class Honours yoki shunga mos boshqa bakalavr ilmiy darajasi

Agar bakalavr ilmiy darajasi Ingliz tilida o’qitilmagan va baholanmagan bo’lsa, kamida 6.5 IELTS balli (yoki 600 Paper/250 Computer/100 Internet based TOEFL balli)

Malaka Oshirish Yo’nalishida Maxsus Kurs

Bu kursga qabul talablari quyidagilardan iborat: