Universitet Yangiliklari
Aprel oyidagi matematika imtihoni javoblari
18 aprel kuni o’tkazilgan matematikadan kirish imtihonining javoblari e’lon qilindi. Natijalar bilan tanishish uchun ushbu sahifaga kiring.
Eslatib o’tamiz. Kirish balli 40%.
Agar siz 30-39% orasida ball to’plagan bo’lsangiz 16 may kuni bo’ladigan imtihonda yana qatnashib ko’rishingiz mumkin.
Agar 30%dan kam ball to’plagan bo’lsangiz 20 iyunda yoki undan keyinroq o’tkaziladigan imtihonlarda qatnashishingiz mumkin.
Read more »
TXVU qo’shimcha 5 ta grant o’rinlarini ajratmoqda
Harbiy xizmatni o’tagan yoshlarga xalqaro ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar
Harbiy xizmat axloqan va jismonan chiniqtiruvchi maktab. U yerda barqaror hayotiy qarashlar, buyuk vatanparvarlik xislatlari shakllanadi. Moddiy, ma’naviy va aqliy rag’batlantiruvchi omillarni yanada kuchaytirish zarurligini ko’zda tutgan holda, yoshlarga xalqaro oliy o’quv maskanlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yo’lida, yurtimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida bir yillik harbiy xizmatni o’tagan yoshlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) ham bir yil armiyada xizmat qilib kelgan yoshlarni qo’llab quvvatlash yo’lida maxsus imtiyoz va chegirmalar taqdim etmoqda. Universitet bunday abituriyentlarga har yilgi 20 ta byudjet o’rinlaridan tashqari, qo’shimcha 5 ta grant (TXVUda bepul o’qish) o’rinlarini ajratadi.
Ushbu grant o’rinlarga da’vogarlar ko’p bo’lgan taqdirda, TXVU imtihonlarida eng yaxshi natija ko’rsatgan 5 ta abiturientni saralab olib, qolganlarni shartnoma asosida o’qish uchun 45% (10% TXVU va 35% “Kamolot”) maxsus chegirma bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatini tamomlab bo’lgan boshqa oliy o’quv yurt talabalari o’qishlarini TXVUda (2-kursdan boshlab) 45% chegirma bilan shartnoma asosida davom ettirish uchun kirish imtihonlarini topshirishlari mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan imtiyozlarga da’vogar abituriyentlar belgilangan tartibda IELTS (Ingliz tili) va TXVUning matematika imtihonini topshirishlari lozim. Ushbu masalada ham ko’mak sifatida, TXVU universitetgacha bo’lgan tayyorgarlik kurslarida o’qishni istaganlarga chegirmalar taqdim etadi.
Read more »
Drama klubi tomoshabinlarni yana qoyil qoldirish niyatida
Diqqat! Diqqat! Birinchi bor TXVU Drama Klubi Karlo Goldonining abadiy Commedia Dell’Arte – “Ikki xo’jayinning quli” nomli pyesasini haqiqiy teatr sahnasida taqdim etadi.
“Bunday kulgu sizni g’aroyib eyforiya holatiga tushiradi. Bu siz ko’radigan tahsinga loyiq va g’oyat go’zal hajviy asarlardan biridir.” - THE WASHINGTON POST
Pyesa Klarisa Silvioga turmushga chiqish munosabati bilan Pantalonelarning Venetsiyadagi uyida o’tkazilayotgan o’tirish kechasi bilan boshlanadi. Nikoh shartnomasi imzolanayotgan bir paytda sarosimaga tushgan holda Truffaldino xo’jayini Turinlik Federigo Rasponi tashrifi haqida e’lon qilish uchun kirib keladi. Bu xabar hamma uchun bir g’aroyib hodisa sifatida qabul qilinadi, chunki barcha Federigo qacholardir duel’da o’ldirilgan degan fikrda edi. Muammo shundan iboratki, azaldan Klarisaning qo’li Federigoga atalgan edi…
TXVU talabalari tomonidan ijro etiladigan Karlo Goldonining shoh asaridan bahra olish uchun Respublika Yoshlar Teatriga 14 va 16 May kunlari soat 18:30 da tashrif buyuring. Chiptalar TXVUning Marketing bo’limida (104 xona, tel. 238-74-74) bepul tarqatiladi.
Read more »
Ta’lim berish va Bilim olish Simpoziumi
2012-yil 5-May kuni Universitetning professional rivojlanish strategiyasiga muvofiq, har yili an’anaviy ravishda o’tkaziladigan “Ta’lim berish va Bilim olish Simpoziumi” bo’lib o’tdi. TXVUning turli xil bo’limlari faoliyat yurituvchi deyarli 40 nafar xodim ishtirok etish uchun 2 kunga universitetning seminar va majlis xonalaridan uzoqroqda bo’lgan tog’ yon bag’irlariga safarga otlanishdi. Tadbirning asosiy maqsadi hamkasblarga ta’lim berishga oid tajribalarini bir birlari bilan o’rtoqlashish hamda hafta oxiri yaxshi hordiq chiqarish uchun imkoniyat yaratish bo’ldi.
Tajriba almashish va savollar muhokama qilish uchun ishtirokchilar 4 guruhga bo’linib, quyidagi savollar o’rtaga qo’yildi:
- ta’lim berish va bilim olish jarayonida Elektron elementlar
- faol bilim olish
- hayotiy namunalar (case study) bilan ishlash
- malaka oshirish
Qizg’in o’tgan muhokamalar davomida eng zo’r fikr va g’oyalar tanlanib keyinchalik barcha tinglovchilarga gapirib o’tildi. Rano Nurmanova Shaxsiy Rivojlanish (PD-personal development) fanidagi mulohaza bildirish sistemasining hozirgi paytdagi muammolari haqida gapirib o’tib, bu jarayonni osonlashtirib, samaradorligini yanada kuchaytirish to’g’risida yangi g’oya va fikrlar bildirib o’tdi. “Huquqga oid darslarni o’tishda Sahnalashtirilgan sud jarayoni usulidan foydalanish” prezentatsiyasi Malika Muqimova, Alisher Po’latov va Usmon Kuchimov tomonidan taqdim etildi. Shu usulni ishlatgan holda ular qanday qilib talabalarga yanada samarali ta’lim berishlarini ko’rsatib berishdi.
Feruza Abidova BAIE fanidao’zi ishlatadigan “Elevator speech” (Lift nutqi) nomli usulini boshqalar bilan ulashdi. Hasan Redjaboev esa 1-kurs (level 3) talabalarini BAIEdan baholashda yangi yondashuv taklif etdi – unda turli xil pedagogik usullar: murabbiylik, namunadan o’rganish (case study) va biznes bilan moloqot birlashtiriladi. Barcha sahnaga chiqqanlar tinglovchilarni diqqat e’tiborini qozonish uchun jamiki mahoratlarini ishga solishdi va bu ishda muvaffaqiyatga erishishdi. Har bir prezentatsiyadan so’ng muhokamalar uyushtirilib, taqdim etilgan mavzularga ishtirokchilar tomonidan bo’lgan professional qiziqish ushbu fikrimizga dalolatidir.
Rano Nurmanova ovoz berish natijasida shunga o’xshash Londonda o’tkaziladigan tadbirda TXVUdan vakil sifatida ishtirok etish uchun saylandi.
Yelena Volkova, universitet Dekani bunday tadbirlar har doim yuqori akademik sifatga qaratilgan izlanish bo’lishi kerakligini ta’kidlab o’tdi. U simpozium kichik miqiyosda o’tganligiga qaramay, tadbir davomida bo’lib o’tgan professional dialoglar akademik xodimlarning tajribasi yetukligidan dalolat berishiga alohida e’tibor qaratdi.
Ushbu “Ta’lim berish va Bilim olish Simpoziumi” Nataliya Muzafarova yetakchiligida o’qituvchilar guruhi tomonidan samarali tashkillashtirilib ular alohida minnatdorchilikka sazovor. Biz Kiriaki Kanakidi, Aleksey Redninskiy, Malika Mukimova, Rano Nurmanova, Aleksey Kim, Kristina Bektyakova, Evgeniya Dudko qo’shgan hissalarini yuqori darajada qadrlaymiz.
TXVU xodimlari biz munosabat, bilim va malaka almashishga tayyor ekanligimizni namoyish etishdi va umid qilamanki bu tadbir kelajakda ham o’z maqsadiga sodiq qolgan holda xizmat qiladi va malakali jamoatchilik orasida ko’proq qiziqish uyg’otadi.
Read more »
SAIPRO 3 nafar talabani taqdirladi
Kecha 1-may kuni SAIPRO Axborot va Reyting Agentligi 4-8 Aprel mobaynida o’tkazilgan 5-Xalqaro Investitsiya va Moliya Forumida qatnashgan 3 nafar TXVU talabalarini taqdirlash uchun TXVUda maxsus tadbir o’tkazdi.
Izzat Shamsiev, Boqijon Zakirov va Yuliya Semeneevalar forum davomidagi faol ishtiroklari uchun maxsus sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Sovrindorlarni taqdirlash marosimidan so’ng kompaniya vakillari SAIPRO haqida kichik prezentatsiya o’tkazib, TXVU talabalari uchun kompaniyada mavjud bo’sh ish o’rinlari hamda amaliyot o’tash imkoniyatlari haqida gapirib o’tishdi.
SAIPRO Axborot va Reyting Agentligi tasarrufiga BVV gazetasi, “Sug’urta” jurnali, Business Report tele-dasturi, UzReport.com, UzJobs.com va UzRating.com veb saytlari kiradi. Shu jumladan kompaniya 1999-yildan beri:
- Moliya sektorida marketing tadqiqoti va konsalting;
- Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligi mustaqil reytingi;
- Ish qidirish, ishchi yollash va ularni unumli boshqarish;
- Veb proyektlar yaratish va ularni ishga solish
kabi bir qator konsalting xizmatlarini taqdim etadi.
Read more »