TXVUning “Facebook” sahifasiga qo’shiling
TXVU Facebookda o’zining fan-sahifasini ochdi!
Mazkur sahifada doimiy ravishda TXVU hayotiga oid yangiliklar, tadbirlar, muhokamalar va rasmlarni joylashtirib boramiz. Universitetning fan-sahifasiga allaqachon bir nechta TXVU talabalari, bitiruvchilar va xodimlar qo’shilib ulgurishdi.
Bu TXVUda o’qish istagida bo’lgan abiturientlar va boshqa qiziquvchilar uchun to’liqroq ma’lumot olish, ayni vaqtda ta’lim olayotgan talabalar bilan o’zaro fikr almashish, hamda TXVU bitiruvchilarining o’z yaqinlari va do’stlari bilan bog’lanib turishlarida muhim ahamiyat kasb etadi deb umid qilamiz.
TXVUning Facebook jamoasiga xush kelibsiz!
