TXVUda Badminton bo’yicha 1-Musobaqa

17/2/2010

Wiut-Open-badminton-.jpg2010 yil 6-Mart kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida Badminton bo’yicha turnir o’tkaziladi.

Garchand “turnir” deb atalayotgan bo’lsa ham, aslida ushbu tadbirga sport musobaqalari orqali xordiq chiqarish va salomatlikni yaxshilash borasida bir nechta tashkilotlarni birlashtiruvchi festival sifatida qarash mumkin.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi Vestminster universiteti va uning yaqin hamkorlari bo’lmish Uzbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi, Britaniya Kengashi,  PriceWaterhouseCoopers, Uzjobs, Djurabek Laboratories kabi tashkilotlarning xodimlaridan tashkil topgan.

O’yinlar TXVU Sport markazida olib boriladi va turnir g’oliblari maxsus mukofot va diplomlar bilan taqdirlanadilar.

Turnir tashkilotchilari bu tadbirni juda qiziqarli o’tishiga va ishtirokchi tashkilotlar va ularning xodimlari o’rtasida hamkorlik rishtalarini yanada kuchaytirishiga ishonchlari komil. Shuni ham e’tirof etish joizki, mazkur musobaqa TXVUda har yili an’anaviy tarzda o’tkazilishi rejalashtirilgan.

RELATED LINKS