Ikkinchi imtihon natijalari ma’lum qilindi

03/3/2010

10 fevralda ikkinchi marotaba o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari tayyor!

40% va undan yuqoriroq natijaga erishgan abiturientlarni chin dildan tabriklaymiz. Agar siz 40% dan kam natija ko’rsatgan bo’lsangiz, hech qisi yo’q, 10-martda o’tkaziladigan navbatdagi kirish imtihonida sizga omad yor bo’lsin.

Natijalarni bilish uchun Universitet o’quv bo’limi bilan (+99871) 2387417 telefon raqamlari orqali bog’lanishingizni so’raymiz.

Navbatdagi kirish imtihoni sanalari hamda na’munaviy savollar bilan tanishib chiqish uchun ushbu sahifaga o’ting.

Sizga batafsilroq ma’lumot, maslahat yoki imtihonga tayyorlanishingiz uchun biror yordam kerak bo’lsa marketing bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin. Telefonlarimiz: (+99871) 238-74-74/00

RELATED LINKS