Vestminster viloyatlarga safar qiladi
Siz BUXORO yoki SAMARQANDDA yashaysizmi?
Talaba bo’lish orzusidamisiz? Vestminster Universiteti haqida ko’proq bilishni hohlaysizmi? Unday bo’lsa kutib oling, Vestminster aynan sizning litseyingizga tashrif buyuradi!
Shuni mamnuniyat bilan e’lon qilamizki, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti xodimlari Respublikamizdagi bir qancha shaxarlarga universitet haqida ma’lumot berish uchun safarga yo’l olishmoqda.
Ushbu safarlardan ko’zlangan asosiy maqsad Universitetga qiziquvchi abiturientlarga yanada batafsilroq ma’lumot berish va imkoniyat darajasida qo’llab quvvatlashdan iboratdir.
Universitet haqidagi prezentatsiyalar so’ngida albatta savol-javoblar ham tashkil etiladi. Bu esa sizga o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga Universitet hodimlari tomonidan aniq javob olish imkoniyatini yaratadi.
Quyidagi jadvalda Universitet tashkil qilayotgan safarlar tartibi bilan qisqacha tanishib olishingiz mumkin:
| SHAXAR: | SANA: | MANZIL: |
| Nukus |
5-Fevral |
Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litsey; Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litsey;“Progress” maktabi |
| Urganch | 6-Fevral | Urganch Informatsion Texnologiyalar Universiteti qoshidagi akademik litsey |
| Buxoro |
16-Fevral |
Buxoro davlat universiteti qoshidagi akademik litsey |
| Samarqand |
18-Fevral |
Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey |
| Farg’ona |
23-Fevral |
Farg’ona davlat universiteti qoshidagi akademik litsey;CAFE markazi |
| Qo’qon |
23-Fevral |
“Istiqbol yoshlari” ta’lim markazi |
| Andijon | 24-Fevral |
Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey |
| Termiz | 27-Fevral |
Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey |
| Qarshi | 4-Mart |
Qarshi shaxridagi 2-sonli litsey |
Barchangizni ushbu tadbirlarga taflif etamiz. Iltimos, prezentatsiyalarning o’tkaziladigan aniq vaqtini bilib olish uchun bizga qo’ng’riroq qiling (+99871 2387474).
Bizni o’z litseyingizga taklif qilmoqchimisiz? Marhamat, universitet marketing bo’limiga qo’ng’iroq qilgan holda tadbir o’tkaziladigan vaqtni belgilang.
SIZNING LITSEYINGIZDA uchrashguncha!
