TXVUda KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

21/1/2010

TXVU da 2010 o`quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. 20 yanvarda 200 ga yaqin abiturientlar matematikadan kirish imtihonini topshirdilar.

Shuni ta`kidlash joizki, abiturientlarga 2010 yilning avgust oyigacha kirish imtihonini topshirish uchun 6-7 marotaba imkoniyat beriladi. O’tish bali 40% deb belgilangan. Ya’ni, imtihonni muvaffaqiyatli topshira olmagan abiturientlar navbatdagi kirish imtihonlarida yana ishtirok etib, qayta topshirishlariga ruxsat etiladi. Bu - talaba bo`lish orzusida bo’lgan har bir abiturient uchun yaratilgan ajoyib qulaylikdir. Shu sababdan abiturientlarning kirish imtihonlarida ertaroq qatnashishlari tavsiya qilinadi.

Muhim yangiliklardan yana biri - ayni vaqtda akademik litsey va kollejlarning I, II va III kurslarida taxsil olayotgan barcha o`quvchilar ushbu imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

TXVU ma`muriyati abiturientlarning imtihonlarga tayyorlanishlarida yordam berish maqsadida 2005-2009 yillar mobaynida kirish imtihoni sifatida berilgan savollar to`plamlarini veb-saytimizda chop etishni ma`qul topdi. Ushbu to’plamlarni quyidagi manzillardan yuklab olishingiz mumkin:

2009 yil kirish imtihoni savollari to`plami va ba`zi savollarning (1, 2, 3) yechimlarini ko`chirib oling;

2008 yil kirish imtihoni savollari to`plami;

2005-2007 yillardagi kirish imtihoni savollari to`plami;

Shunigdek 2008 yilgi grant imtihoni savollarining mantiqiy qismi savollarini hamda boshqa namunalarni (12, 3) yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu to`plamlarni ochish uchun PDF formatini o`quvchi dastur kerak bo`ladi. Jumladan, quyidagi dasturlardan foydalanishingiz mumkin:
STDU Viewer (Yuklab olish 1.66 MB) yoki Foxit Reader (Yuklab olish 4.45 MB) 

2010 yil uchun imtihon sanalari quyidagi jadvalda ko`rsatilgan:

     
Birinchi imtihon 20 yanvar Bo’lib o’tdi
Ikkinchi imtihon 10 fevral Bo’lib o’tdi
Uchinchi imtihon 10 mart Bo’lib o’tdi
To`rtinchi imtihon 14 aprel 13 aprelgacha ro`yxatdan o`ting
Beshinchi imtihon 12 may
Oltinchi imtihon 9 iyun
Yettinchi imtihon 14 iyul
Sakkizinchi imtihon 11 avgust

 

Imtihonda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • TXVU ariza shakli to’ldirib o`quv bo’limiga topshirish lozim;
  • 2 ta 3×4sm o`lchamdagi rasm;
  • Pasport (yoki tug’ilganlik haqidagi guvohnoma) nusxasi.

To`ldirilgan ariza shaklini imtihondan kamida bir kun oldin TXVU o`quv bo’limiga topshirish lozim. (O`quv bo’limi telefon raqami: +99871 2387417)

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun TXVU marketing bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin. Telefonlarimiz: (+998 71) 238 7474 va (+998 71) 2387400 yoki advice@wiut.uz elektron manziliga yozing.

RELATED LINKS