Westminsterda ochiq eshiklar kuni

11/1/2010

16 yanvar TXVUda ochiq eshiklar kuni!

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti o’zining 8 yoshga to’lishi munosabati bilan, barcha abiturientlar, ularning ota-onalari va boshqa barcha qiziquvchilar uchun o’z eshiklarini ochadi. Ushbu tadbir 16-yanvar kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Ushbu tadbir doirasida barcha qatnashchilar Universitet binosi, o’quv resurslari, sport markazi hamda talabalar uchun yaratilgan boshqa qulayliklar bilan tanishish imkoniga ega bo’ladilar. Shuningdek tadbirda universitet hodimlari va talabalari tomonidan tashkil etilgan taqdimotlarda ishtirok etishlari va o’zlarini qiziqtirgan barcha savollar bilan murojaat etishlari mumkin.

2002 yildan buyon an’anaga aylanib qolgan ushbu marosimning muhimligi etiborga olingan holda, 2010 yilning bahor faslida yana bir bor tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Universitetga “ichkaridan nazar tashlash” imkoniyatini qo’ldan boy bermang! Biz sizni kutamiz!

RELATED LINKS