Qabul boshlandi
2010-2011 o’quv yilida Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetiga shartnoma asosida kiruvchilar uchun birinchi matematika imtihoni 2010 yil 20 yanvar kuniga belgilandi.
TXVUda matematikadan kirish imtihonlari yanvardan avgustga qadar har oyda bir marotaba tashkil etilib, abiturientlar ushbu imtihonni bir necha marotaba topshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Ushbu imtihonda qatmashmoqchi bo’lgan abiturientlar 2010 yil 18 yanvar, soat 17:00dan kechikmagan holda quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
- TXVU ariza shakli;
- 2 dona 3×4sm o’lchamdagi fotosurat;
- Passport nusxasi.
Yuqorida ko’rsatilgan muhlatdan kechikib hujjat topshirgan abiturientlar kelasi oy bo’lib o’tadigan navbatdagi imtihonda qatnashishlari mumkin bo’ladi.
Imtihonlarga tayyorlanish uchun matematikadan TXVU namunaviy savollarini ushbu sahifadan yuklab olish mumkin
Imtihon o’tkaziladigan sanalar xaqida to’liqroq ma’lumot olish uchun TXVU o’quv bo’limiga (+99871) 2387417 telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
